O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlatlararo standart – GOST O‘zbekiston davlat standarti – O‘z DSt Umumdavlat klassifikatori – O‘z DT Normalar va qoidalar – *) O‘zbekiston rahbariy hujjati – O‘z RH Tavsiyalar – O‘z T
Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan normativ hujjatlar Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Tarmoq standarti –TSt Tarmoq klassifiqatori –TT
Normal va qoidalar – *) Rahbariy hujjat – RH Tavsiyanomalar –T
Ma’muriy – hududiy normativ hujjatlar
Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’muriy –hududiy standart –MHSt Korxona bo‘yicha normativ hujjatlar
Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Texnik shartlari – TSh Korxona standarti – KSt
Prezidentimiz tomonidan 1993 yilning 28 dekabrida imzolangan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy
hujjatlar, standartlar
ustidan davlat nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq etilishi, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standartlashtirish tizimi, standartlashtirish ishlarini o‘tkazish,
qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy hujjatlar,
davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish
va nazorat qilishga doir