O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

 
а) b) 
 
10.3–rаsm. Kuchlanishi ko‘rsatkichlarini tuzilishi:
а) ikki qutbli; b) bir qutbli 


228
Ularni ishlatishda shuplari bir vaqtida ikkita fazaga tegib turish 
kerak bo‘ladi. Bir qutbli ko‘rsatuvchilar avtoruchka shaklida ishlab 
chiqariladi. Uni ishlatish uchun shup bilan elektr uskunani tok 
o‘tkazuvchi qismga tegib tursa boshqa barmoq bilan yuqori qismida 
joylashgan metalli kontakt bosiladi. Shu bilan birga tok odam tanasi 
orqali yerga o‘tib ketadi. Ishlab chiqarish sharoitlarida bir qutbli 
ko‘rsatkichlarni qo‘llash man etiladi. 
Izolyatsiyalovchi qisqichlarni trubkali saqlagich vositalari ustida 
operatsiyalarni o‘tkazish uchun hamda bir qutbli ajratuvchilarni 
pichoqlariga qoplamalarni kiydirish va yechish uchun qo‘llaniladi. 
Qisqichlar izolyatsiyasi plastmassadan tayyorlanadi. 
Izolyatsiyalovchi EHV qo‘shimcha bo‘lib, dielektrik kalishlar 
(etiklar), rezinali gilamchalar, poyandozlar va tagliklar qo‘llaniladi 
(10.5–rаsm). 
Dielektrik etiklar va kalishlar inson oyog‘ini tagidan izolyatsiya-
lash uchun qo‘llaniladi. Elektr uskunada ishlaganda istalgan 
kuchlanishga ega bo‘lgan etiklar qo‘llanishi mumkin, kalishlar esa 
faqat kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida 
qo‘llaniladi. 
 
10.4–rаsm. Izolyatsiyalovchi qisqichlarning ko‘rinishi 
 


229
Dielektrik gilamchalar
 
va poyandozlar insonni oyoq tomonidan 
izolyatsiya qiladigan vositalardir. Ularni yopiq elektr uskunadagi 
istalgan kuchlanishlarda qo‘llasa bo‘ladi. 
Izolyatsiyalangan tagliklar ham insonni yerdan yoki poldan 
izolyatsiyalaydi. Elektr uskunani kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lsa, 
tagliklar farforli izolyatorsiz, kuchlanishi1000 V dan oshiq bo‘lsa, 
faqat farforli izolyatori bilan tayyorlanadi. 

Download 7,14 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish