• 10.1. Elektr хаvfsizlikni tа’minlаsh vоsitаlаri
  • O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/154
    Sana22.06.2024
    Hajmi7,14 Mb.
    #265132
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154
    Bog'liq
    Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

     
     


    224
    X BОB. KОN KОRХОNАLАRIDА ELEKTR ХАVFSIZLIK 
     
    10.1. Elektr хаvfsizlikni tа’minlаsh vоsitаlаri 
     
    Elektr uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr jarohat-
    lanishdan, elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash 
    uchun elektr himoya vositalari (EHV) qo‘llaniladi.
     
    Himoyalovchi vositalar shartli ravishda uch turga bo‘linadi– 
    izolyatsiyalovchi, to‘suvchi va yordamchi. 
    Insonni elektr kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarning 
    qismlaridan va yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalar 
    – izolyatsiyalovchi vositalar deb ataladi. Unga quyidagi buyumlar 
    kiradi: izolyatsiyalovchi va o‘lchovchi shtangalar; vaqtincha yerga 
    ulash qurilmalari; izolyatsiyalovchi va elektro‘lchov qisqichlar; 
    kuchlanish ko‘rsatkichlari; montyor asboblarini izolyatsiyalangan 
    dastalar; dielektrik qo‘lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali gilamchalar 
    va poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar. 
    Izolyatsiyalovchi EHV ikki xilga bo‘linadi: asosiy va yordamchi. 
    Kuchlanishga ishonchli bardosh beradigan va ular yordamida tok 
    o‘tkazuvchi qismlarga tegishiga ruxsat beradigan vositalar asosiy 
    vositalar deb ataladi. Ishchilarni xavfsizligini ta’minlab bera olmay-
    digan va qo‘shimcha bo‘lib asosiy EHV bilan birgalikda qo‘lla-
    niladigan vositalar – qo‘shimcha himoya vositalari deb ataladi. 
    To‘siqli himoya vositalar deb, vaqtincha tok o‘tkazuvchi 
    qismlarni to‘sish uchun qo‘llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib 
    yuruvchi to‘siqlar (pardalar, qo‘lqoplar, qafaslar) hamda vaqtinchalik 
    yerga ulash qurilmalari kiradi. Ularga shartli ravishda ogohlantiruvchi 
    plakatlar ham kiradi. Insonni yiqilib tushishini oldini olish uchun 
    (himoyalovchi belbog‘lar, ogohlantiruvchi arqonlar) va tepaga 
    ko‘tarilish uchun (narvonlar, changaklar) hamda yorug‘lik, issiqlik, 
    mexanik va kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shaxsiy 
    himoya vositalari (ko‘zoynak, protivogaz, maxsus kiyimlar va shunga 
    o‘xshash turli buyumlar) qo‘llanib kelinadi. 
    Elektr qurilmadan foydalanishda elektr qurilmada ishlayotgan 
    shaxslarni xavfsizligini ta’minlay olmaydigan, hatto eng mukammal 
    ijro sharoitlari vujudga keladi va maxsus himoya vositalaridan 


    225
    foydalanishni talab qiladi. Masalan, kommunikatsiya apparatlari bilan 
    ishlayotganda–o‘chiruvchi, aloqani uzuvchi apparatlar bilan ishlayot-
    ganda apparatlar simlarida kuchlanish paydo bo‘lish ehtimoli bor, 
    shuning uchun simdan insonni izolyatsiya qiluvchi himoya vositasi 
    (dielektrik qo‘lqoplar) yoki yerdan izolyatsiya qiluvchi (izolatsion 
    poyabzal, qo‘shimcha taxtacha va hokazo) vositalardan foydalanish 
    zarur. 
    Elektr qurilmalarda ta’mirlash ishlari uchun ish joyini 
    hozirlashda ish olib boriladigan tok o‘tuvchi qismlar xatoga yo‘l 
    qo‘yilib kuchlanish ostida qoldirilgan bo‘lishi mumkin, shu bois 
    tegishli ko‘chma asboblar (kuchlanish ko‘rsatkichlari) bilan ularda 
    kuchlanish bor–yo‘qligini avvaldan tekshirish zarur. Elektr qurilmada 
    ta’mirlash ishlarini olib borayotgan insonlarni xatoliklarga yo‘l qo‘yish 
    xavfi bor, shuning uchun ish olib borilayotgan joylar va qurilmaga 
    yaqin uchastkalarni, qolaversa, yaqinlashish yoki tegib ketish xavfi 
    bo‘lgan joylarni (ogohlantirish plakatlari) maxsus belgilar bilan 
    avvaldan belgilab qo‘yish zarur. 
    Elektr tarmog‘idan uzilgan elektr qurilmaning tok oquvchi 
    qismlarida ishlashda ularda tasodifan kuchlanish paydo bo‘lish xavfi 
    vujudga keladi, shuning uchun kuchlanishni ish joyiga xatoli holatdan 
    mustasno etadigan va shu bilan kuchlanish paydo bo‘lish holatida 
    ishlovchilar uchun xavfni bartaraf etadigan choralar qabul qilish kerak. 
    Elektr qurilmaning turg‘un konstruktiv himoya qurilmalari blokirovka, 
    signalizatsiya, yerga tutashuv, nollash va hokazodan iborat. 
    Turg‘un elektr himoya ko‘chma va olib yuriladigan buyumlar 
    bilan qo‘shimcha qilinadigan himoya vositalari elektr qurilmalarda 
    elektr tokidan shikastlanishdan, elektryoy va elektromagnit maydon 
    ta’siridan, tok urishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmalarda ishlayotgan 
    insonlarni himoya qilishga xizmat qiladi. Bularga izolyatsiya qiluvchi 
    shtangalar, qisqichlar, elektr o‘lchagich qisqichlari, kuchlanish 
    ko‘rsatkichlari, dielektrik rezina buyumlar, izolyatsiyalanuvchi qo‘yil-
    malar, ko‘chma yerga tutashma, izolyatsiyali montyorlik asboblari va 
    ogohlantiruvchi plakatlar va boshqalar kiradi. 
    Mavjud elektr qurilmalarda ishlayotganda xavfsiz va yuqori ish 
    sharoitlarini ta’minlash uchun elektr himoya vositalaridan tashqari turli 
    noelektrotexnik himoya vositalaridan foydalaniladi (10.1–rаsm). 


    226

    Download 7,14 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish