10
Konchilik korxonalarining elektr ta’minoti tizimlari quyidagi
talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:
1) sifatli elektr energiya bilan ta’minlash. Elektr energiya sifatli
bo‘lishi uchun kuchlanish va chastotaning qiymatlari barqaror bo‘lishi
kerak. Kuchlanishning chetlashishi ±5% gacha ruxsat etiladi,
chastotaning chetlashishi ±0,5 Gs gacha ruxsat etiladi;
2) elektr ta’minoti tizimi xavfsiz bo‘lishi kerak. Buning uchun
odamlarni tok urishdan himoyalovchi elektr xavfsizlik chora–tadbirlari
qo‘llanilishi va elektr ta’minoti tizimini tashkil etuvchi uskunalar va
qurilmalarni himoyalovchi releli himoyalar qo‘llanilishi kerak;
3) elektr ta’minoti tizimi ishonchli bo‘lishi kerak. Iste’molchilarga
yetarli bo‘lgan miqdordagi elektr energiya uzluksiz yetkazib berilishi
lozim bo‘ladi. Elektr energiyaning uzluksizligi bo‘yicha barcha
iste’molchilar uch toifaga bo‘linadi. Elektr ta’minoti sxemasi
iste’mochilarning qaysi toifaga mansubligidan kelib chiqqan holda
tanlanishi zarur. Elektr qurilmalarni tuzilish qoidalariga (ETQ) asosan
iste’molchilar quyidagi toifalarga kiradi: