11
a) ikkita elektr stansiyalar;
b) elektr ta’minoti tizimining ikkita podstansiyasi;
d) elektr stansiya va podstansiyalarning bir–biri bilan avtomat
ravishda ulanadigan va uziladigan hamda alohida manbalardan
ta’minlanadigan alohida seksiyalari.
Ikkinchi toifaga
shunday iste’molchilar kiradiki, agar elektr
energiya uzilib qolsa mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilmasligi,
ishchilar, mexanizmlar, sanoat transporti bekor turib qolishi mumkin
bo‘ladi.
Konchilik korxonalarida skipli ko‘tarma mashinalar, yer
yuzasidagi texnologik kompleks mexanizmlari, ochish, tayyorlash va
qazish ishlari mexanizmlari, transport vositalari, boyitish fabrikalarida
maydalagichlar, tegirmonlar, separatorlar va boshqa mexanizmlar 2–
toifaga kiradi. Ikkinchi toifa iste’molchilari uchun zaxira manba
ko‘zda tutilishi mumkin. Elektr ta’minotining uzilishi navbatchi
xodimlar yoki tashqaridan yetib keladigan tezkor brigada tomonidan
zaxira manbani ulash uchun ketadigan vaqtga ruxsat etiladi.