12
1.2.1.
Elektr ta’minoti tizimi tuzilish sxemalari
Elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasini manbadan iste’mol-
chigacha uzatish va taqsimlash tartiblari maxsus chizmalar–sxemalar
vositasida ko‘rsatiladi. Bunda bir chiziqli tuzilish va prinsipial
sxemalardan foydalaniladi.
ETQ talablariga muvofiq konchilik
korxonalarining elektr
ta’minoti sxemalari quyidagi prinsiplardan kelib chiqib bajarilgan
bo‘lishi kerak:
a) yuqori kuchlanishni imkon darajasida iste’molchilar elektr
uskunalariga yaqin olib kelish transformatsiyalar pog‘onalarini kamay-
tirish bilan podstansiyalarni yuklamalar markazlariga joylashtirish;
b) eng sodda tuzilgan va arzon bo‘lgan
elektr uskunalarni elektr
tarmoq ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lgan tanlovchanlikni va ta’sir
qilishning ishonchli sezgirligini ta’minlaydigan joylarda keng qo‘llash;
d) avtomat qayta ulash va zaxirani avtomat ulash tizimlarini keng
qo‘llash.
Konchilik korxonalarining va boyitish fabrikalarining ichki elektr
ta’minotida tashqi elektr ta’minoti tizimiga nisbatan kuchlanishning
miqdorini pasaytirish lozim bo‘lsa, bir yoki bir necha bosh
pasaytiruvchi podstansiyalar kuchlanishning
miqdori pasaytirilmasa
bir yoki bir necha markaziy taqsimlovchi qurilmalar o‘rnatiladi. Bosh
pasaytiruvchi
podstansiyalarning
yoki
markaziy
taqsimlovchi
qurilmalarning sonlari iste’molchilarning quvvatlariga va o‘zaro
joylashganligiga, bog‘liq holda aniqlanadi. Birinchi toifaga mansub
iste’molchilari
bo‘lgan
korxonalarning
bosh
pasaytiruvchi
podstansiyalari yoki markaziy taqsimlash qurilmalariga ikkita alohida
manbadan elektr energiya keltiriladi.
Tashqi elektr ta’minoti tizimi magistral
yoki radial sxemalari
bilan amalga oshirilishi mumkin. Quyida bu turdagi tuzilish sxemalari
keltiriladi. Chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasligi uchun bu sxemalarda
elektr ta’minoti tizimining uchta fazasi bir chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Uchta faza bir elektr tarmoqni hosil qiladi. Iste’molchilar bo‘lib,
korxonalarning bosh pasaytiruvchi podstansiyalari yoki markaziy
taqsimlovchi qurilmalari hisoblanadilar.
a)