I–BОB. KОNCHILIK KОRХОNАLАRINING ELEKTR




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

I–BОB. KОNCHILIK KОRХОNАLАRINING ELEKTR 
TА’MINОTI 
 
1.1.
 
Kоnchilik kоrхоnаlаrining elektrlаshtirish tаriхi vа 
аhаmiyati 
Konchilik korxonalarini elektrlashtirishning tarixi O‘zbekiston 
hududida konchilik sanoatining mavjudligi ming yillardan ortiq 
davrlarni o‘z ichiga oladi. Toshkent viloyatida geolog olimlar 
B.N.Nasledov, M.Ye.Masson va boshqalar tomonidan Angren daryo-
sining chap qirg‘og‘ida qadimgi lahimlar topilgan. Masalan oltin 
qazib olishni mutaxassislar VII–XII asrlardan amalga oshirilganligini 
ta’kidlashgan. Kulota deb nomlangan shaharda topilgan Tukket qol-
diqlari alohida ahamiyatga ega. Bu yerda ming yillardan avvalroq 
metall eritish bilan shug‘ullanishgan. O‘zbekiston Respublikasi FA 
arxeologiya instituti xodimlari M.Asqarov va Yu.F.Buryakovlar 
tomonidan olib borilgan qazish ishlari bu yerda tarkibida mis, 
qo‘rg‘oshin, rux, oltin va kumushlari bor rudalar qayta ishlab 
eritilganligini ko‘rsatadi. 
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston inson qarorgoh qilgan va 
tog‘–kon hunarmandchiligi yuqori rivojlangan qadimgi joylardan 
hisoblanadi. Eramizdan avvalgi III–IV minginchi yillar madaniyati 
qoldig‘i quyi Amudaryo bo‘ylaridan topilgan. Qizilqumdagi 
Bo‘kantov, Beltov tog‘larida mis eritilgan joylar va metall shlaklari 
qoldiqlarini uchratish mumkin. Bronza asrida Chirchiq daryosi 
bo‘ylarida qo‘rg‘oshin eritilgani haqida ma’lumotlar bor. Eramizning 
birinchi asridan boshlab Qurama tog‘larida temir va oltin, Farg‘onada 
temir, tuz qazib olingan. 
X asrga kelib Movarounnahr iqtisodi taraqqiyotida konchilik 
katta o‘rin tutgan. Bu paytda Iloh (hozirgi Ohangaron) vodiysida 
kumush–qo‘rg‘oshin ma’danlarini ishlab chiqaruvchi markaz bo‘lgan 
va bu yerda zarb qilingan tangalarning betiga «Sxosh koni» deb yozib 
qo‘yilgan. Shuning o‘ziyoq Iloh konchiligining nechog‘li katta 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Farg‘ona vodiysida, Nurota tog‘larida, O‘ratepa va Samarqand 
atrofida, temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, feruza va boshqa 
qimmatbaho ma’dan konlari. Temir va misning topilishi misgarlik 


5
hunarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Movarounnahr 
shaharlarida yasalgan misgarlik buyumlari katta miqdorda Yevropa va 
Osiyo mamlakatlariga yuborilgan. Farg‘onada ko‘mir va neft qazib 
olingan. 
XI–XII asrlarda mo‘g‘ul bosqinchiligi davrida tog‘–kon sanoati 
rivoji to‘xtaydi. Amir Temur davrida, ya’ni XIV asr oxiri XV asr 
boshlarida tog‘–kon, irrigatsiya va dehqonchilik ishlari ancha yaxshi-
lanadi. Bu davrda qimmatbaho va bezak toshlar, turli qurilish mate-
riallari, ayniqsa marmar, temir, oltingugurt va tuz qazib chiqarish 
kuchayadi. 
XVI–XVIII asrlarda konchilik rivoji bir xil darajada saqlanib 
turadi. XIX asr boshlarida Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari 
orasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi tog‘–kon sanoatining ham 
o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
1867–yilda Turkiston harbiy yershunoslik bo‘limiga asos 
solinadi va uning olimlari tomonidan Markaziy Osiyoning birinchi 
bosh xaritasi tuziladi. Tyan–shan tog‘ tizmasi katta qismining tarkibi 
va tuzilishi haqida dastlabki qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. 
1930–yillarning oxirida Rossiyaning Moskva va Leningrad 
shaharlarida o‘zbek millati vakillaridan H.M.Abdullayev boshchiligida 
bir guruh iqtidorli yoshlar nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab 
qaytadilar va keyinchalik ular O‘zbekistondagi olimlarning yadrosini 
tashkil etadi. Ulardan H.M.Abdullayev Davlat mukofoti laureati, 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti lavozimida faoliyat 
ko‘rsatib, foydali qazilma konlari geologiyasini o‘rganishda ulkan 
ishlar qildi. Uning ko‘pgina asarlari yangi foydali qazilma konlarini 
izlab topishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
O‘zbekistonda konchilik sanoatining taraqqiyoti 1927–1930–
yillardan foydali qazilma konlarini qidirib topish, tarkiblarini va 
zaxiralarini aniqlashdan boshlangan. Keyin Toshkent, Jizzax, 
Farg‘ona, 
Andijon, 
Namangan, 
Samarqand, 
Qashqadaryo, 
Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida yoqilg‘i, rangli va qora 
metallarning qazib oluvchi ochiq va yer osti konlari qurilib ishlab 
chiqarishga topshirildi va aytilgan foydali qazilmalarni kavlab olish 
yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga bir necha boyitish fabrikalari ham 
qurilib, ishga tushirib yuborildi. Bu konlarning barchasini ishlatishning 
asosi bo‘lib elektr energiya hisoblanadi. Hozirda bu konlarda 


6
zamonaviy mexanizatsiya vositalari, elektr uskunalari va qurilmalari 
qo‘llaniladi. Ular zamonaviy elektr ta’minoti tizimi orqali elektr 
energiya bilan ta’minlanadi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida konchilik sanoati 
keng ko‘lamli va eng rivojlangan sohalarida biri hisoblanadi. Bunga 
sabab har bir viloyatda qattiq, suyuq, gaz foydali qazilmalarining bir 
necha turi mavjud. Bu qazilma boyliklar yirik ishlab chiqarish 
korxonalari, jumladan “NKMK” DK, “OKMK” OAJ, “O‘zbekko‘mir” 
AJ, “Sharg‘unko‘mir” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, Neft va gaz 
korxonalarining tarkibiga kiruvchi ochiq va yer osti konchilik 
korxonalarida qazib olinadi. 
Konchilik sanoati rivojlanishi bilan bir qatorda qo‘llaniladigan 
yuritmalarning va energiyalarning turlari ham o‘zgarib kelgan. 
Foydali qazilmalarni qazib olishning ilk davrida odamlar o‘z 
kuchlaridan foydalanishgan. Qazish uchun oddiy ish qurollaridan, 
jumladan bolg‘a, lom, tesha, ketmon, kirkalardan foydalanishgan. 
Tashish uchun qoplar, zambillar, zambilg‘altaklar ishlatilgan. Vaqt o‘t-
gandan keyin, tashish va ko‘tarish jarayonlari uchun ot va eshaklardan 
foydalanishgan. Konchilik korxonalarida maxsus og‘ilxonalar bo‘lgan. 
Keyinchalik odamlar shamolning va suvning kuchidan foydalanishni 
o‘rgandilar va bu turdagi energiyalarni ko‘tarish jarayonlari uchun 
ishlata boshladilar. Keyinchalik bug‘mashinalari ichki yonuv dviga-
tellari 
ixtiro 
qilingandan 
keyin 
bulardan 
tashish 
ishlarida 
foydalanilgan. Shu bilan birga qazish ishlarida katta bosimli havo 
energiyasidan foydalanilgan. 1883–yili akademiklar B.S.Yakobi va 
E.X.Lenslar tomonidan o‘zgarmas tok dvigateli yaratiladi. 1889–
1890–yillarda olim va muhandis M.O.Dolivo–Dobrovolskiy uch fazali 
o‘zgaruvchan tok tizimini so‘ngra asinxron dvigatelni ixtiro qildi. 
Elektr yuritmаlаr bоshqа yuritmаlаrdаn bir qаnchа аfzаlliklаri 
jumlаdаn yuqоri bоshqаruvchаnlik, elektr energiyasini ishlаb chiqа-
rishni mаrkаzlаshtirilishi, uzаtish vа tаqsimlаshning qulаyligi, ishchi 
mаshinаlаrning kinemаtikаsini sоddаlаshtiruvchi vа yuritmаning 
yuqоri F.I.K ni tа’minlоvchi bir dvigаtelli vа ko‘p dvigаtelli yuritmаni 
qo‘llаsh mumkinligi, iхchаmligi birmunchа yuqоri ishgа tushirish 
mоmenti, kоnstruksiyasining sоddаligi vа ishоnchli ishlаshi, tezligini 
keng ko‘lаmli vа rаvоn rоstlаsh, mаsоfаdаn bоshqаrish vа 
аvtоmаtlаshtirish mumkinligi.


7
Elektr yuritmа bilаn ishlаydigаn ishchi mаshinаlаrning bоshqа 
yuritmа bilаn ishlаydigаnlаrgа nisbаtаn аnchа yuqоri unumdоrlik bilаn 
ishlаshi, ishchi mаshinаning tаlаblаrigа eng to‘liq mоs kelаdigаn elektr 
yuritmаni tаnlаsh imkоniyati bоrligi, shuningdek ishlаb chiqаrish 
jаrаyoni uchun аvtоmаt bоshqаrishni qo‘llаsh imkоniyati tug‘ilishi 
tufаyli erishilаdi. Bundаn tаshqаri elektr yuritmа qo‘llаngаndа ishlаsh 
shаrоitlаri yaхshilаnаdi vа ishchilаrning mehnаti yengillаshаdi. 
Shuningdek elektr yuritmаning kаttа yutug‘i uning bоshqа 
energiya bilаn ishlаydigаn yuritmаlаrgа nisbаtаn tejаmliligidir. Elektr-
lаshtirilgаn ishchi mаshinаlаr bоshqа energiyagа ishlаydigаnlаrgа 
nisbаtаn kаmrоq emirilаdi. Shu bilаn birgа kоn kоrхоnаlаrining yer 
оsti shаrоitlаridа elektr energiyasi kаbel tаrmоqlаr оrqаli eng uzоqdаgi 
lаhimlаrdа ishlаyotgаn elektr yuritmаli mаshinаlаrgа оsоnlik bilаn оlib 
bоrilаdi. Bоshqа turdаgi energiya bilаn ishlаydigаnlаr uchun bundаy 
emаs. Yanа kоnstruksiyasi bo‘yichа elektr yuritmаning аfzаlligi 
shundаki u iхchаm, vаzni kаmrоq hamda elektr dvigаtel qоbig‘igа hаr 
хil shаkl berish mumkinligidir. 
Konchilik sanoatida elektr energiyasi XIX asrning oxirida 
Rossiya, AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarda 
qo‘llanila boshladi. Bunda asosan elektr energiyasi yoritish asboblari, 
suv haydash nasoslari va transport vositalarining yirik bo‘lmagan 
elektr yuritmalari uchun ishlatilar edi. XIX asrning oxirida va XX 
asrning boshlarida sanoatning rivojlanish va ayniqsa temir yo‘llarning 
qo‘llanilishi ko‘mir va rudalarga bo‘lgan ehtiyojni tobora oshirdi. O‘z 
navbatida ko‘mir, temir, rangli va boshqa qazib olish keskin ortishi 
qo‘l mehnatidan mashinalar vositasida qazib olishga o‘tishni taqozo 
qila boshladi. Natijada konchilik sanoatining ochiq va yer osti 
korxonalridagi asosiy va yordamchi jarayonlarni bajarish uchun 
tegishli mexanizm va mashinalar ishlab chiqarilib, ulardan foydalanish 
keng yo‘lga qo‘yila boshlaydi. Albatta bularda yuqorida aytilgandek 
eng qulay va tejamli elektr yuritmalar qo‘llanilib, elektr energiya 
ta’minoti tizimi ham rivojlanadi. 
Hozirgi zamonaviy ochiq va yer osti konchilik korxonalari 
hamda 
boyitish 
fabrikalarini, 
mexanizatsiyalashtirish 
va 
elektrlashtirishsiz tasavvur qilish mumkin emas. Bu korxonalardagi 
barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jaryonlarini bajarishda 
tegishli kon, transport, yuklash–bo‘shatish mashinalari, yuk ko‘tarish 


8
mashinlari, ventilyator, nasos, kompressor qurilmalaridan foydalaniladi. 
Bu vositalarning beistisno asosiy qismi elektr yuritmalar bilan ishlatiladi, 
ularning turli vazifalarni bajaradigan elektr uskunalari bor va ularni elektr 
energiya bilan ta’minlash uchun elektr ta’minoti tizimi ishlatiladi. 

Download 7,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I–BОB. KОNCHILIK KОRХОNАLАRINING ELEKTR

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish