Kоnchilik kоrхоnаlаridа elektr yoritishning аhаmiyati vа




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

 
6.3.3. Kоnchilik kоrхоnаlаridа elektr yoritishning аhаmiyati vа 
elektr yoritish uskunalari 
 
Konchilik korxonalarida ishni to‘g‘ri tashkil etishning eng 
muhim sharoitlaridan biri yoritish hisoblanadi. To‘g‘ri amalga 
oshirilgan 
yoritish 
tizimi 
ishlab 
chiqarish 
jarohatlanishini 
kamaytirishda, qulay bo‘lgan mehnat sharoitini yaratishda, umumiy 
ishlash qobiliyatini ko‘tarishda salmoqli ahamiyat kasb etadi. Diqqat 
bilan 
kuzatiladigan 
ishlarda 
yoritilganlikni 
oshirish 
mehnat 
unumdorligini 10–20% ga ko‘tarishga, nuqsonlarni 20% ga 


153
kamaytirishga, baxtsiz hodisalar sonini 30% ga pasaytirishga imkon 
yaratadi. Tabiiy yorug‘lik bo‘lmagan yer osti lahimlarida elektr 
yoritish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Kon lahimlarini yoritishdan asosiy maqsad ishlash uchun eng 
yaxshi sharoitni yaratish va maksimal foydani ta’minlash hisoblanadi. 
Bu vazifani hal qilishni quyidagi talablarga javob beruvchi yoritish 
tizimi vositasida amalga oshirish mumkin:
– ish joyida yoritilganlik gigiyenik me’yorlarga muvofiq bo‘lishi 
lozim. Ishchi yuzaning yoritilganligini oshirish obyektni ko‘rishni 
yaxshilaydi, predmetlarni farqlash tezligini oshiradi va mehnat 
unumdorligini oshiradi; 
– ish joyida va atrof maydon chegarasida yorqinlik iloji boricha 
bir tekisda taqsimlanishi kerak, chunki nazarni yorug‘ligi yuqori 
yuzadan yorug‘ligi pastroq yuzaga o‘tkazilganda va aksi bo‘lganda 
ko‘z o‘rganishi lozim, bu ko‘zni charchatishga olib keladi; 
– ish joyi yuzasida yaqqol soyalar bo‘lmasligi kerak, chunki ular 
yorqinlikni notekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi, obyektning shaklini 
va o‘lchamini buzib ko‘rsatadi, bu ko‘zni charchatishga olib keladi, 
harakatlanuvchi soyalarning mavjudligi esa, bundan tashqari 
jarohatlanishlarni kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi; 
– yoritish yorug‘lik nurining tabiiyga yaqin yorug‘likni to‘g‘ri 
uzatishni va qabul qilishni ta’minlovchi spektral tarkibini mavjud 
qilishi kerak.
Elektr yoritish uchun elektr yoritish asboblari, yoritish 
tarmoqlari, yoritish transformatorlari qo‘llaniladi. 
Elektr yoritish asboblari yoritqichlarga va projektorlarga bo‘li-
nadi. Yoritqichlar katta bo‘lmagan maydonlarni yoritish uchun xizmat 
qiladi. Ular yorug‘lik manbai lampalardan, korpusdan, yorug‘lik 
qaytargichdan, shisha va metall to‘rli himoyalardan tashkil topadi. 
Birinchi bo‘lib yoritish lаmpаlаr А.N.Ladigin tоmоnidаn, dastlab 
ko‘mir tolali (1874–y) chug‘lanma lampalari, keyinchalik volframli 
(1890–y) lampalari yarаtilib, bu lаmpаlаr ishlatilishining soddaligi va 
uskunalarning arzonligi tufayli jahon bozorini tez egalladi. 
To‘g‘rirog‘i chug‘lanma lampalarni (ChL) konveyer usulida ishlab 
chiqarishni amerikalik ixtirochi va injener T.S.Edison (1847–1931 y) 
amalga oshirdi, g‘arbda hozirgacha uni elektr ChL ixtirochisi sifatida 


154
bilishadi. P.N.Yablochkovning (1847–1894 y) gaz razryadli lampalari 
yorug‘lik texnikasining rivojlanishiga asos solgan. 
P.N.Yablochkovning chet elda “Rus chirog‘i” deb ataluvchi 
lampalari o‘sha davrda Luvr muzeyini, Kolizeynni, Piterburgda esa 
“Аnichkov kuprigi” va boshqa maydon hamda arxitektura 
ansambllarini yoritardi, shu bilan birga ular elektr yoyining yuqori 
ravshanligi bilan farq qilardi. 
XX аsrgа kelib yoritish manbalari yetarli darajada rivojlangan, 
ularning F.I.K oshgan, ishlab chiqarilishi takomillashtirilgan, 
qo‘llanish sohalari kengaygan. Yorug‘lik manbalari sifatida konchilik 
korxonalarida chug‘lanma, luminessent va ksenonli lampalar 
qo‘llanilgan. Ular quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
a) yorug‘lik oqimi F – nur energiyasining quvvati, odam ko‘ziga 
ta’sir qilish bo‘yicha baholanadi. O‘lchov birligi lumen (Lm); 
b) yoritilganlik E – yorug‘lik oqimining tushayotgan yuzaga nis-
bati bilan tavsiflanadi, ya’ni 
S
F
E

,
lk
(6.1) 
d) yorug‘lik kuchi I – yorug‘lik oqimining nur chiqadigan 
burchak ostidagi yuzaga nisbati bilan belgilanadi: 

F
I

(6.2) 
O‘lchov birligi kandella (kd); 
e) yorug‘lik B – yorug‘lik kuchining yoritilayotgan maydon 
yuzasiga nisbati bilan o‘lchanadi. 
S
I
B

(6.3) 
O‘lchov birligi nit (nt). 
Chug‘lanma lampa shisha kolba ichida volfram spiral 
joylashtiriladi. Volframdan tok o‘tganda u qizib chug‘lanadi va 
o‘zidan nur chiqaradi. 60 Vt gacha quvvatli lampa kolbasining ichi 
vakuum bo‘ladi, undan yuqorisida inert gazi argon va azot yoki kripton 
va ksenon aralashmalari bilan to‘ldiriladi. 


155
Lyumenistent lampalar ichki tomonidan luminafor (2) qoplangan 
shisha trubkadan (1) tuzilgan. Trubkaning ikki tomoniga volfram spiral 
(3) o‘rnatilgan va ichiga inert gazi to‘ldirilgan hamda simob tomchisi 
(4) joylashtirilgan. Spirallardan kontaktlar (5) chiqarilgan. 

Download 7,14 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kоnchilik kоrхоnаlаridа elektr yoritishning аhаmiyati vа

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish