• 6.11–rasm. ДКсТ tipidagi ksenonli lampaning tuzilishi
  • 6.13–rasm. Lyumenistent lampani yoqish sxemasi
  • O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/154
    Sana22.06.2024
    Hajmi7,14 Mb.
    #265132
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
    Bog'liq
    Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

    6.9–rаsm. Chug‘lanma 
    lampa: 
    1–vоlfrаm spirаl;
    2–sоkоl; 3–shishа kоlbа 
    6.10–rasm. Lyumenistent lampa tuzilishi:
    1–shisha trubka; 2–lyumenafor; 3–volfram 
    spiral; 4–simob tomchisi; 5–kontakt 
    Katta maydonlarni yoritish uchun quvvati katta bo‘lgan ksenonli 
    lampalar qo‘llaniladi. Ushbu lampa shisha kvars trubkadan (1) 
    tuzilgan, trubkaning ichiga ksenon inert gazi to‘ldiriladi, ikki tomoniga 
    volfram spiraldan elektrodlar (2) o‘rnatilgan. Ksenonli lampalar 
    quvvati 2 kVt dan 100 kVt gacha bo‘ladi. 
    6.11–rasm. ДКсТ tipidagi ksenonli lampaning tuzilishi:
    1–lampa shisha kvars 
    trubka; 2–elektrod 
    Chug‘lanma lampalarni yoqish quyidagi oddiy sxema bo‘yicha 
    amalga oshiriladi: 
    6.12–rasm. Chug‘lanma lampalarni yoqish quyidagi oddiy sxemasi 


    156
    EL–lampani yoqish uchun ulagich ulanadi va manbaning
    Ф qutbidan SA ulagich va EL lampa orqali 0 qutbiga tok oqadi, so‘ng 
    lampa yonadi. O‘chirish uchun EL uziladi. 
    Lyumenistent lampani yoqish uchun quyidagi sxema qo‘llaniladi: 
    6.13–rasm. Lyumenistent lampani yoqish sxemasi 
     
    Lampa tarmoqqa ulanganda CT neonli starter kontaktlariga 
    kuchlanish uzatiladi, kontaktlar orasida neon gazining atmosferasida 
    uchqun hosil bo‘ladi, uchqun ta’sirida harorat ko‘tariladi, buning 
    natijasida bimetall plastinadan yasalgan kontaktlardan biri egilib, 
    ikkinchi kontaktga ulanadi, zanjir butun bo‘lib, tarmoq – L drossel – 
    EL lampaning birinchi elektrodi – CT starterning ulangan kontaktlari – 
    EL lampaning ikkinchi elektrodi – tarmoq orqali tok oqadi. EL 
    lampaning elektrodlari qiziydi. Buning natijasida simob tomchisi 
    bug‘lanadi va agar yetarli haroratgacha qizigan bo‘lsa, volfram spiralli 
    elektrodlardan elektronlar ajralib chiqadi. Starter kontaktlari ulanganda 
    uchqun so‘nib harorat pasayadi, bimetall plastina sovib, 1–2 sek. 
    o‘tgach tok zanjirini uzadi. Natijada tarmoqning kuchlanishi va 
    drosseldagi to‘plangan magnit energiya hisobiga hosil bo‘lgan 
    kuchlanish impulsidan elektrodlardagi kuchlanish keskin oshadi. Shu 
    jarayon tufayli lampada elektr yoyi razryadi hosil bo‘ladi. Yoy inert 
    gazi va simob bug‘i muhitidan o‘tganida ultrabinafsha nur hosil 
    bo‘ladi. Ultrabinafsha nur lumenaforga ta’sir qilib, lampa yorug‘lik 
    tarqatadi. C1 – kondensatori radioto‘lqinlardan himoya uchun, C2 – 
    kondensatori quvvat koeffitsiyentini oshirish uchun qo‘llaniladi. 


    157
    Lampa yoqilgandan so‘ng drossel kuchlanishning miqdorini barqaror 
    ushlab turadi. 
    Ksenonli lampani yoqish sxemasining ishlash prinsipi quyi-
    dagicha bo‘ladi.

    Download 7,14 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

    Download 7,14 Mb.
    Pdf ko'rish