Operatsion tizimlar strukturasi va generatsiyasi




Download 389,02 Kb.
bet68/74
Sana08.01.2024
Hajmi389,02 Kb.
#132704
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

9.2. Operatsion tizimlar strukturasi va generatsiyasi 
Operatsion tizim tushayotgan hamma masalalarga ishlov berish bo„yicha ishlarni ratsional 
rejalashtirishi kerak (EHMga masalalarni kiritish bo„yicha tadbirlar kompleksi, ularning
xarakteristikalarini bilib olish, hamma kiruvchi ma‟lumotlar to„plamlarini tashqi olib yuruvchilarda 
joylashtirish, kirish va chiqish navbatlarini tashkil qilish).
Odatda tashqi qurilmalardan biri o„qigan kirayotgan ma‟lumotlar oqimidagi masalalar EHM 
operativ xotirasiga birdaniga o„tmaydi, balki tashqi xotira qurilmalarida joylashadi. Paketli ishlov
berish rejimlarida masalalar navbatda qator bo„lib turishadi (kiruvchi navbat), masalaning navbatdagi 
o„rni uning ustuvorligi bilan belgilanadi. Masalaning navbatdan EHM OXiga o„tkazilishi avtomatik
ravishda sodir bo„ladi. 
Masalani yechishdan bevosita oldin OT bajaradigan tadbirlar majmuasini realizatsiya qilishda
asosiy e‟tibor masalani yechish uchun zarur bo„lgan HT resurslarini (OX jabhasi, zarur bo„lgan 
ma‟lumotlar to„plamlari uchun tashqi olib yuruvchilar uchun joylar va sh.k.) taqdim qilishga
qaratiladi. 


* Izoh. Masalalarga multidasturaviy rejimda ishlov berilishini ta‟minlaydigan hamma OTlar uchun ishlarni
rejalashtirishni amalga oshirish ayniqsa qiyin, chunki ko„pincha raqobatda bajarilayotgan masalalar o„sha va faqat 
o„sha resursni talab qilinadi, bu esa ularga HTda ishlov berishda sekinlashishga olib keladi.
Agar navbatdagi masalani yechish uchun resurslar yetishmasa, OT quyidagi qarorlardan birini 
qabul qilishi:
1) ushbu paytda bajarilayotgan va ustuvorligi quyiroq bo„lgan qaysidir boshqa masaladan 
resurslarning bir qismini tortib olishi;
2) yechilayotgan qaysidir masala yechilib bo„lishini va talab qilinayotgan resurs bo„shashini 
kutishi;
3) yechilishi uchun resurslar yetarli bo„lgan, lekin navbati hali yetib kelmagan masalani 
navbatsiz o„tkazib yuborishi kerak.
Yechim natijalarini mos tashqi qurilmalarga chiqarishni tashkil qilish ham masalaga ishlov 
berishni rejalashtirish funktsiyasiga kiradi. Bunda OT har bir topshiriqning natijaviy informatsiyasini
mos chiquvchi navbatga tushishini va TQ ishi tempida ushbu navbatning bo„shashini ta‟minlashi 
zarur.
Operatsion tizim masalalar yechilishini boshqarishi lozim. Bunda OTning asosiy funktsiyasi – 
hisoblash jarayonida sodir bo„ladigan har xil hodisalarga (informatsiya almashinuvi tugaganligi
haqida tashqi qurilmalardan kelayotgan signallar, apparatlardagi to„xtashlar haqida hamda tashqi 
muhitdan, masalan boshqa EHMdan, kelayotgan signallar, dasturaviy xatoliklar belgilari) to„g„ri
reaktsiya qilishni tashkil qilishdir. Har bir hodisaga OT to„g„ri reaktsiya silganda joriy dasturning 
bajarilishi albatta to„xtalishi va protsessorni boshqarish boshqa mos modulga uzatilishi lozim; bu
modul sodir bo„lgan voqeani identifitsirlashi kerak. 


* Izoh. Hisoblash jarayonida sodir bo„ladigan istalgan hodisaga OT reaktsiyasi doim joriy dastur
bajarilishidagi uzilishi bo„ladi, shuning uchun hisoblash jarayonidagi hamma o„zgarishlar, hodisalar, signallar va 
ularga beriladigan ishlovlar uzilishlar deb ataladi.
Uzilishlarga ishlov berish mexanizmi EHM va OT turidan qat‟iy nazar doim quyidagi 
elementlarni o„z ichiga oladi:
1) uzilgan dastur haqida batafsil informatsiyani, xususan bundan keyin bajarilishi lozim 
bo„lgan komanda adresi haqidagi informatsiyani, xotirada saqlashi;
2) sodir bo„lgan hodisani tasniflovchi va unga mos ravishda ishlov beruvchi OTning maxsus 
moduliga boshqaruvni uzatishi;
3) ustuvorligi va hisobga tayyorligiga qarab foydalanuvchining u yoki bu masalasiga 
boshqaruvni qaytarishi lozim. Bunda boshqaruv oldin uzilgan dasturga qaytarilishini istisno qilib
bo„lmaydi. 



75


Turli HTlarida uzilishlarga ishlov berish turlicha va odatda apparat vositalari yordamida
amalga oshiriladi. Masalan, ba‟zi HTlarida buning uchun dastur holatining eski va yangi so„zi o„rnini 
almashtirish mexanizmidan, boshqalarida esa xotira va uzilishlar vektorini stekli tashkil qilishdan
foydalaniladi. 
Masalalarni yechishni boshqarish asosiy funktsiya – uzilishlarga ishlov berishdan tashqari
boshqa: operativ xotirani dinamik taqsimlash, kiritish-chiqarish operatsiyalarida ishtirok qilish; 
masalalarni yuklash, vaqt xizmatini tashkil qilishni ham o„z ichiga oladi.
Operativ xotirani dinamik taqsimlash bo„yicha OTning asosiy vazifasi – uning bo„sh va band 
bo„lgan zonalarini doimo hisoblab borish va fragmentatsiyani bartaraf qilishga intilishdadir.


Download 389,02 Kb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Download 389,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion tizimlar strukturasi va generatsiyasi

Download 389,02 Kb.