• 1.1. ALTni yaratish printsiplari Texnikaviy ob’yektni loyihalash
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 389,02 Kb.
    bet2/74
    Sana08.01.2024
    Hajmi389,02 Kb.
    #132704
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

    Ma’ruza rejasi: 

    1. ALTni yaratish printsiplari.

    1.1. Texnikaviy ob‟yektni loyihalash

    1.2. ALT – inson-mashina tizimidir

    1.3. ALT – ierarxik tizim

    1.4. ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir

    1.5. ALT – unifikatsiyalashgan modullar maksimal foydalaniladigan ixtisoslashgan
    tizimdir 


    2. ALT tarkibi va strukturasi.

    2.1. Loyihalovchi nimtizimlar

    2.2. Nimtizimga xizmat ko„rsatish (boshqarish)

    2.3. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari


    Tayanch so‘zlar va iboralar 
    Loyihalash, loyihalashni avtomatlashtirish, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, vositalar
    kompleksi, informatsion-qidiruv tizimi, ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi. 
    1.1. ALTni yaratish printsiplari 

    Texnikaviy ob’yektni loyihalash ushbu ob‟yekt obrazini qabul qilingan forma (shakl)da
    yaratish, qayta o„zgartirish va tasvirlab berish bilan bog„liq. Ob‟yekt yoki uning tarkibiy qismining 
    obrazi inson tasavvurida ijodiy jarayon natijasida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o„zaro ta‟siri
    jarayonida ba‟zi algoritmlar bo„yicha yuzaga kelishi (генерироваться) mumkin. 
    Loyihalash – loyihalash uchun topshiriq bo„lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning
    qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo„lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar 
    ko„rinishida bo„ladi va ob’yektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini,
    odatda, ob‟yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun etarli ma‟lumotlarni jamlagan hujjatlarning 
    to„liq komplekti o„taydi. Bu hujjatlar ob’yektning natijaviy bayoni bo„ladi.
    Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlarning o„zaro ta‟siri y o„li 
    bilan olinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa,

    avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi.

    Loyihalash – bu ob‟yektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida
    berilgan sharoitda ham mavjud bo„lmagan ob‟yektni yaratish uchun zarur bo„lgan bayonini tuzish 
    jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi
    jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo„lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish 
    maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo„yicha ishlar majmuini o„z ichiga oladi.
    Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda ma‟lum sohada to„plangan 
    tajriba va ko„nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish
    zarurati bo„lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o„ziga xos turidir. 


    Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning
    shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM 
    bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi
    vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi 
    funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash
    lozim.

    ALTni yaratish uchun:


    − matematik metodlar hamda hisoblash texnikasi vositalarini qo„llash asosida loyihalashni 
    takomillashtirish;
    − izlash, ishlov berish va informatsiya (ma‟lumot)ni chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; 
    − optimallashtirish va ko„p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish;
    − loyihalanayotgan ob‟yektlar, buyumlar va materiallarning matematik modellarini samarali 
    qo„llash;



    4
    − ob‟yektlarni avtomatlashtirilgan loyihalash uchun zarur bo„lgan, ma‟lumotnoma tavsifidagi 


    tizimlashtirilgan ma‟lumotlarga ega ma‟lumotlar bankini yaratish;


    − loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiylashtirish) sifatini oshirish; 
    − ijodiy bo„lmagan ishlarni avtomatlashtirish hisobiga loyihalovchilar mehnatining ijodiy
    ulushini oshirish; 
    − loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish;
    − ALT sohaqidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash; 
    − loyihalovchi bo„limlarning turli darajadagi hamda vazifasi har xil bo„lgan
    avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur. 


    Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) – avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaruvchi
    loyihalovchi tashkilot yoki mutaxassislar jamoasi bilan bog„langan avtomatlashtirilgan loyihalash 
    vositalarining majmuidir. ALT texnikaviy vositalar hamda matematik va dasturaviy ta‟minlashni
    birlashtiradi; matematik va dasturaviy ta‟minot muhandislik loyihalash va konstruktsiyalash 
    masalalarining xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda tanlanadi. ALTda muhandisning EHM
    bilan operativ bog„lanishi vositalari, maxsus muammoli-yo„naltirilgan tillar va informatsion-
    ma‟lumot bazasi qo„llanilishi hisobiga dasturlardan foydalanish qulayligi ta‟minlanadi.
    A L T n i n g a s o s i y v a z i f a s i – ob‟yekt va uning tarkibiy qismlarini loyihalashni 
    avtomatlashtirilgan tarzda bajarishdir. ALT va uning tarkibiy qismlarini yaratishda tizimiy birlik, bir-
    biriga mos kelish, tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bo„lish hamda rivojlanish printsiplariga 
    amal qilish lozim.
    T i z i m i y
    b i r l i k
    p r i n t s i p i . Loyihalanayotgan ob‟yektning alohida 
    elementlari va ob‟yektni to„liq loyihalashda tizimning bir butunligini va tizimiy «yangilik»ni
    ta‟minlaydi. 
    B i r - b i r i g a m o s k e l i s h p r i n t s i p i ALTning tarkibiy qismlarining
    birgalikda ishlashini ta‟minlaydi va ochiq tizimni bir butunlikda saqlaydi. 
    T i p i k
    x u s u s i y a t l a r g a
    q a r a b
    t i p

    v a
    t u r l a r g a


    b o „ l i s h
    p r i n t s i p i ALTning tipiklashgan va unifikatsiyalashgan elementlarini yaratish va ulardan 
    foydalanishga e‟tiborini qaratadi.
    R i v o j l a n i s h
    p r i n t s i p i
    ALT asosiy qismlarining to„ldirib borilishini, 
    takomillashtirilishini va yangilanib borishini hamda darajasi va funktsional vazifasi turlicha bo„lgan
    avtomatlashtirilgan tizimlar bilan birgalikda ishlashini ta‟minlaydi. 



    Download 389,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 389,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 389,02 Kb.