|
ALTning dasturaviy ta’minoti (DT)
|
bet | 8/74 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 389,02 Kb. | | #132704 |
Bog'liq Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org2.2. ALTning dasturaviy ta’minoti (DT)
ALTning dasturaviy ta‟minoti avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun zarur bo„lgan
hamma dasturlar va ekspluatatsion hujjatlaridan iborat. Dasturaviy ta‟minot umumtizimiy va maxsus
(amaliy)larga bo„linadi.
Umumtizimiy DT texnikaviy vositalar funktsiyalarini tashkil qilish uchun, ya‟ni hisoblash
jarayonini rejalashtirish va boshqarish, mavjud resurslarni taqsimlash uchun mo„ljallangan va EHM
hamda hisoblash komplekslari (HK)ning operatsion tizimlari ko„rinishida namoyon bo„ladi.
Umumtizimiy DT odatda ko„p ilovalar uchun yaratiladi va ALT spetsifikasini aks ettirmaydi.
Maxsus (amaliy) DT da loyihalash protseduralarini bevosita bajaradigan matematik ta‟minot
realizatsiya qilinadi. Maxsus DT odatda amaliy dasturlar paketi (ADI) ko„rinishida bo„ladi; ulardan
har biri loyihalash jarayonining ma‟lum bosqichini yohud turli bosqichlar ichidagi bir turdagi
masalalar guruhini boshqaradi.
ALTni tashkil qilish hamda uni yaratish va undan foydalanish samaradorligiga ta‟sir qiluvchi
DTning printsipial xususiyatlari. EHM rivojlanishi va takomillashgani sari umumtizimiy DTning
operatsiontizim (OT) kabi komponentining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zamonaviy hisoblash
tizimi (HT)ning foydalanuvchilar ixtiyoriga berayotgan imkoniyati texnikaviy qurilmalarga nisbatan
ko„proq operatsion tizimlar bilan aniqlanmoqda. OT EHMda turli masalalar yechilishini,
ma‟lumotlarni uzatish kanallarini va tashqi qurilmalarni masalalar orasida dinamik taqsimlashni,
masalalar oqimini rejalashtirishni va ularni belgilangan mezonlarni hisobga olgan holda
yechilishining ketma-ketligini, hisoblash kompleksi xotirasini dinamik taqsimlashni bir vaqtning
o„zida tashkil qiladi. Lekin OT o„z faoliyati uchun ma‟lum resurslarni: protsessor, tashqi va asosiy
xotiralarni talab qiladi. OTning imkoniyati qanchalik ko„p bo„lsa, unga shunchalik ko„p resurslar
talab qilinadi.
Bazaviy DT umumtizimiy DT ning ahamiyatli komponentidir.
ALT dasturaviy ta‟minoti yaratilayotganda bazaviy DT ishlab chiqiladigan ob‟yektlar qatoriga
kirmaydi. Geometrik va grafik informatsiyalarga ishlov berish, ma‟lumotlar bazasini shakllantirish
va undan foydalanish uchun mo„ljallangan bazaviy DT bunga misol bo„la oladi. Quruvchining
avtomatlashtirilgan ishchi joyi (QAIJ) mashina grafikasining bazaviy DT yaratildi va tasdiqlandi.
Uning asosini grafik kiritish-chiqarish amaliy dasturlar paketi tashkil qiladi; bu paket amaliy dastur
bilan va grafikaviy qurilmalar to„plami orasida funktsional interfeysni qurilmalar drayveri va
grafikaviy drayverlar yordamida ta‟minlaydi. Uning asosida ishlab chiqilgan grafikaviy
hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi esa maxsuslashgan dasturaviy ta‟minot tarkibiga kiradi.
Grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi translyatsiya qilish, vizuallashtirish, chizmalar
namunaviy elementlari (ChNE) bayonini saqlash uchun alohida masalalar to„plami hamda amaliy
dasturlar paketi (ADP)ni yaratish uchun modullar kutubxonasi, kutubxonadan (ChNE) bayonlarini
tanlab olish va ularning tasvirini olish to„plamlaridan iborat.
Standartlashtirilgan loyihalash protseduralarini amalga oshiradigan, tarkibiga shunday bazaviy
DT kiritilgan APJlaridan foydalanish ALT dasturaviy ta‟minotini yaratish mehnatini sezilarli
darajada yengillatadi. Lekin hamma hollarda ham ALTni yaratuvchilar amaliy DTni ishlab
chiqishlari lozim bo„ladi. Hisoblash texnikasi qo„llaniladigan soha kengayib borishi va loyihalash
jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari murakkablashib borishi bilan dasturlashning murakkabligi
mehnati ortib boradi.
|
| |