6
1.1-rasm. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari
Vazifasi bo„yicha DMKlar u m u m t i z i m i y DMKlarga va b a z a v i y DMKlarga
bo„linadi; bazaviy DMKlar o„z navbatida muammoga yo„nalgan va ob‟yektga yo„nalgan DMKlarga
bo„linadi.
D a s t u r a v i y - t e x n i k a v i y k o m p l e k s DMKlarning texnikaviy ta‟minotning
komplekslari va (yoki) komponentlari bilan o„zaro bog„langan majmuidan iborat.
Vazifasi bo„yicha DTKlar a v t o m a t l a s h t i r i l g a n i s h j o y i (AIJ) va
m a r k a z i y h i s o b l a s h k o m p l e k s l a r i (MHK)ga bo„linadi.
Vositalar komplekslari o„zlarining hisoblash va informatsion resurslarini birlashtirib nimtizim
yoki butun tizimlarning lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishi mumkin.
Dasturaviy informatsion, metodik,
matematik, lingvistik va texnikaviy ta‟minot turlarining
komponentlari vositalar komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
ALTVK funktsiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga kiruvchi
komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o„zaro moslashuvini ta‟minlagan holda ishlab chiqish
hisobiga erishilishi kerak.
Umumtizimiy
DMKlar dasturaviy, informatsion, metodik va boshqa turdagi ta‟minotlarni o„z
ichiga oladi. Ular boshqaruv, nazorat, hisoblash jarayonini rejalashtirish,
ALT resurslarini
taqsimlashni bajarish va nimtizim yoki butun ALT uchun umumiy bo„lgan boshqa funktsiyalarni
amalga oshirish uchun mo„ljallangan.
Umumtizimiy DMKlarga misollar: monitor tizimlari, ma‟lumotlar bazalarini (MB) boshqarish
tizimlari, informatsion-qidiruv tizimlari, mashina grafikasi vositalari, dialogli rejimni ta‟minlovchi
nimtizimlar va h.k.