|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
|
bet | 3/74 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 389,02 Kb. | | #132704 |
Bog'liq Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.orgALT – inson-mashina tizimi. EHM yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash
tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani texnikaviy vositalar yordamida
ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o„rin egallaydi. ALTda inson birinchidan formalizatsiya
qilinmagan masalani va ikkinchidan insonning evrestik qobiliyatlari asosida samaraliroq echiladigan
masalalarni yechadi.
ALT – ierarxik tizim. U hamma darajalarda loyihalashni avtomatlashtirishga kompleks
yondoshuvni amalga oshiradi. ALT qo„llanilganida loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuv saqlanib
qolishi kerak. Loyihalashning ierarxik darajalari ierarxik nimtizim ko„rinishida ALTning maxsus
dasturaviy ta‟minoti (DT) strukturasida o„z aksini topadi.
Loyihalash – tadqiqot, hisoblash va konstruktorlik tavsifidagi ishlar kompleksini bajarish
asosida ob‟yektning birlamchi bayonini natijaviy bayonga o„zgartiradigan jarayondir.
Birlamchi bayonni natijaviy o„zgartirish oraliq bayonlarni tug„diradi; ular loyihalash
tugaganini aniqlash yoki uni davom ettirish yo„llarini tanlash maqsadida qarab chiqiladigan predmet
vazifasini o„taydi. Bunday bayonlarni loyihali yechimlar deyishadi.
ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir. ALT vaqt o„tishi bilan o„zgaruvchi tizim bo„lishi
kerakligiga kamida ikkita sabab bor. Birinchidan, ALT kabi murakkab ob‟ektni ishlash uzoq
muddatni egallaydi, shuning uchun ALT tizimining qismlari tayyor bo„la borgani sari ularni
ekspluatatsiyaga kiritish iqtisodiy nuqtai nazardan foydalidir. Ekspluatatsiyaga kiritilgan tizimning
bazaviy varianti keyinchalik kengaytirib boriladi. Ikkinchidan, hisoblash texnikasi va hisoblash
matematikasining doimiy progressi yangi, ancha takomillashgan matematik modellar va dasturlar
paydo bo„lishiga olib keladi; ular eskirgan, samaradorligi kam bo„lgan analoglarni almashtirishi
kerak. Shu sababli ALT ochiq tizim bo„lishi, ya‟ni yangi metod va vositalarni ulash qulay bo„lgan
qobiliyatga ega bo„lishi zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
|