7
− avtomatik rejimlarda loyihalash operatsiyalarining bajarilishi sifatini tahlil qilgan,
bosqichning yoki marshrutning davom etishi mezonlari tekshirilgan, marshrutning alternativ
qaytarilishi variantlarini tanlagan holda loyihalashni boshqarish;
− tizimni ekspluatatsiya qilish statistikasini olib borish va optimallashtirish;
− topshiriqlar masalalar va nimtizimlar, rejali topshiriqlar va joriy ko„rsatmalar va so„rovlar
ustuvorligini hisobga olgan holda ALT resurslarini taqsimlash;
− resurslar va ma‟lumotlarni ruxsat etilmagan kirishdan va nazarda tutilmagan ta‟sirlardan
himoya qilish.
ALTda informatsion-qidiruv tizimlar (IQT) quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
− informatsion fond (инфотека)ni ma‟lumotlar bilan to„ldirish;
− raqamli ma‟lumotlarga arifmetik ishlov berish va matnlarga leksikaviy ishlov berish;
− informatsion so„rovlarga zarur bo„lgan ma‟lumotlarni qidirish maqsadida ishlov berish;
− chiquvchi ma‟lumotlarga ishlov berish va chiquvchi hujjatlarni shakllantirish. IQTning
xususiyati shundaki, ularga kelgan so„rovlar dasturaviy yo„l bilan emas, balki bevosita foydalanuvchi
tomonidan shakllantiriladi va monitorga tushunarli bo„lgan formallashgan tilda emas, balki tayanch
so„zlar ketma-ketligi ko„rinishida «deskriptor»lar deb nomlanuvchi tabiiy tilda shakllanadi. Saqlash
uchun qabul qilingan hamma bayonlarda bo„lgan deskriptorlar ro„yxati deskriptorlar lug„atini tashkil
qiladi va qidiruvchi yo„riqlarni shakllantirishga mo„ljallangan.
Deskriptorliga nisbatan ancha murakkab bo„lgan IQTlar ham mavjud.
Ularda informatsion-
qidiruv tili katta ahamiyatga ega; bu tilda informatsion ob‟yektlar orasidagi semantik munosabatlar
hisobga olinadi. Bu esa noto„g„ri tanlanadigan til qurilmalari sonini kamaytirish imkonini beradi,
so„rovlarga ishlov berish esa ma‟no mos kelishi mezonlari asosida bajariladi.
Ma‟lumotlar banki katta ALTlarda informatsiyani tashkil qilishning yuqori shakli hisoblanadi.
Ular – muammoli-yo„nalgan informatsion-ma‟lumotnomalar tizimlaridir. Bu tizimlar kiritishning
muayyan vazifalariga bog„liq bo„lmagan zarur informatsiyalarni kiritishni,
informatsion massivlar
saqlanishini hamda foydalanuvchilar yoki dasturlar so„rovi bo„yicha zarur bo„lgan informatsiyani
chiqarishni ta‟minlaydi. Ma‟lumotlar bankida faktografik ko„rinishdagi informatsiyadan
foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – ma‟lumotlar strukturasi ko„rinishida tashkil
qilingan informatsion baza bilan ishlashni ta‟minlaydigan dasturaviy-metodik kompleksdir.
MBBT quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
− ma‟lumotlar bazasini aniqlab olish, ya‟ni sxemalarning kontseptual tashqi va ichki
darajalarini bayon qilish;
− ma‟lumotlarni bazaga yozish;
− ma‟lumotlarga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish, ularni qayta
tashkil qilishni bajargan
holda ularning saqlanishini tashkil qilish;
− ma‟lumotlarga kira olishni ta‟minlash (qidirish va chiqarib olish).
Ma‟lumotlarni tanib olish va ularga kirish uchun MBBTda til vositalari mavjud. Masalan,
ma‟lumotlar strukturasi bayonidan tashkil topgan ma‟lumotlarni tanib olish tili yordamida
ta‟minlanadi. Ma‟lumotlarga kirish funktsiyasi ma‟lumotlarni manipulyatsiya qilish tili va so„rov
qilish tili yordamida amalga oshadi. Qo„llab (tutib) turiladigan strukturalar bo„yicha MBBTning
ierarxik, tarmoqli va nisbiy (relyativ) turlari bo„ladi.
Mashina grafikasining dasturaviy-metodik komplekslari (DMK) foydalanuvchining EHM bilan
muloqotida grafik informatsiya almashinuvini, geometrik masalalarni yechishni, tasvirlarni
shakllantirishni va grafik informatsiyani avtomatik ravishda tayyorlashni ta‟minlaydi.
Foydalanuvchining EHM bilan grafik muloqoti («kirishning grafik metodi»)
kirish-chiqish
nimdasturlariga
asoslanadi;
bu
nimdasturlar
kiritish-chiqarish
qurilmalaridan
olinadigan
komandalarning qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini hamda ushbu qurilmalarga boshqaruv
ta‟sirlarining chiqarilishini ta‟minlaydi. Geometrik masalalar yechimi (grafik modellash) grafik
informatsiyani qayta o„zgartirishga keltiriladi; bu o„zgartirish qurish, burish, masshtablash va sh.k.
turlardagi elementar grafik operatsiyalarni u yoki bu ketma-ketlikda bajarilishida ifodalanadi. Grafik
modellash uchun DMKlardan foydalaniladi; ularda alohida elementar grafik operatsiyalardan
tashqari uch o„lchamli tasvirlarni grafik qayta o„zgartirishlar, proektsiya, kesim va h.k.larni
qurish
protseduralari amalga oshirilishi mumkin. Grafik o„zgartirishlar DMKsida ba‟zi tez-tez
8
foydalaniladigan tasvirlarni shakllantirish, grafik ma‟lumotlar bazasini boshqarish, grafikaviy
nimdasturlarni sozlash uchun vositalar odatda nazarda tutiladi.
Dialogli rejim grafik va (yoki) belgi (simvol)li informatsiyalarni kiritish, nazorat, redaktorlash,
qayta o„zgartirish va chiqarishni amalga oshiradigan dasturaviy-metodik komplekslar yordamida
amalga oshiriladi. Topshiriqlarni bajarilishini paket rejimida va uzoqdagi
terminallarga natijalarni
chiqarishni aloqa kanallari orqali ta‟minlaydi. ALTda vazifasi umumiy bo„lgan dialogli DMKlar
bilan bir qatorda ixtisoslashgan DMKlardan ham foydalanish mumkin. Vazifasi umumiy bo„lgan
DMKlarni ALTni yaratish va ekspluatatsiya qilishning boshlang„ich bosqichlarida qo„llash
maqsadga muvofiq; bu DMKdan loyihalash metodologiyasini, ma‟lumotlar va amaliy dasturlarga
ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va tekshirish uchun foydalaniladi. Keyinchalik ALTda
dialogni tashkil qilish bo„yicha maxsus talablarni hisobga olgan holda DMKlarni modifikatsiyalash
mumkin. Bunda so„rovlarga dialogli yoki paketli rejimda ishlov berilishini;
tizimning programmist
bo„lmagan foydalanuvchiga yo„nalishini; yuqori daraja tillardagi dialogli amaliy dasturlar kiritilishi
(qo„shilishi) yo„li bilan tizim kengaytirilishi mumkinligini; «menyu» va direktivalar yordamida
dialogni boshqarish imkonini hisobga olish zarur. AIJ ruknlari uchun umumtizimiy DMKlarning
tavsiya qilinadigan to„plami 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval.