15
tushunchalarini birlashtirib, MBA dastlab yaratilayotgan ma‟lumotlar bazasining umumlashgan
noformal bayonini yaratadi. Ma‟lumotlar bazasini loyihalash ustida ishlayotgan hamma odamlar
uchun tushunarli bo„lgan tabiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqa vositalardan
foydalanib
bajarilgan bu bayonnoma ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi (2.2-rasm).
Bunday insonga yo„nalgan model ma‟lumotlar saqlanadigan muhitning fizik parametrlaridan
batamom mustaqil bo„ladi. Borib-borib bunday muhit EHM emas, balki inson xotirasi bo„lishi
mumkin. Shuning uchun real dunyodagi qandaydir o„zgarishlar infologik modeldagi qandaydir
o„zgarishni taqozo qilmaguncha, bu model o„zgarmasligi kerak; qandaydir o„zgarishdan murod –
model predmet sohasini aks ettirishni davom ettirishi lozim.
2.2-rasmda ko„rsatilgan boshqa modellar kompyuterga yo„nalgan.
Ular yordamida MBBT
dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma‟lumotlarga ularning fizik joylashishini o„ylab
o„tirmasdan, faqat ularning nomi bilangina kirish imkonini beradi. Zarur bo„lgan ma‟lumotlarni
MBBT tashqi xotirada saqlash qurilmalarida
ma’lumotlarning fizikaviy modellari bo„yicha qidirib
topadi.
Ko„rsatilgan kirish muayyan MBBT yordamida amalga oshirilgani uchun, modellar ushbu
MBBTning
ma’lumotlarni bayon qilish tilida bayon qilingan bo„lishi kerak. Ma‟lumotlarning
infologik modeli bo„yicha MBA yaratayotgan bunday bayonnoma
ma’lumotlarning datalogik modeli
deb ataladi.
2.2-rasm. Ma‟lumotlar modellarining darajalari
Uch darajadagi arxitektura (infologik, datalogik va fizik darajalar)
saqlanayotgan ma’lumotlar
mustaqilligini ulardan foydalanayotgan dasturlardan saqlash imkonini beradi. Zarurat bo„lganda
16
MBA saqlanayotgan ma‟lumotlarni boshqa informatsiya tashuvchilarga ko„chirib yozib berishi va
(yoki) ularning fizikaviy strukturasini qayta tashkil qilishi (ma‟lumotlarning faqat fizikaviy modelini
o„zgartirib) mumkin.
Soda tashkil qilinganligi, mohiyatlar orasida oldindan belgilangan bog„lanishlarning
mavjudligi, ma‟lumotlarning fizikaviy modellari bilan o„xshashligi, xotira hajmi cheklangan, sekin
ishlaydigan EHMlarda ierarxik MBBTlar unumdorligi qabul qilsa bo„ladigan darajada bo„lishi
imkonini beradi. Lekin, agar ma‟lumotlar daraxtsimon strukturali bo„lmagan holda ierarxik modelni
qurishda va zarur bo„lgan unumdorlikka erishishda talay qiyinchiliklar tug„ilardi.
Paradox (Borland firmasining dasturaviy mahsuloti) – ma‟lumotlar bazasini boshqarish
tizimlari bozorida tan olingan lider. Oxirgi besh yil davomida (3,0 versiyasidan boshlab)
Paradox
mutaxassislar tomonidan personal kompyuterlar uchun eng yaxshi relyatsion MBBT deb tan
olinmoqda.
Paradoxning ko„p xususiyatlari orasida juda soddaligi va shaffofligining ma‟lumotlarni
boshqarishning funktsional tugal tizimining ulkan imkoniyatlari unikal hamohang ekanligini
ajratishadi («paradoks» ham ana shunda). Bunday paradoksli birikma natijasida baquvvat MBBT
nafaqat professional dasturchiga, balki dasturlash yoki kompyuterda informatsiyaga ishlov berish
haqida tushunchaga ega bo„lmagan foydalanuvchiga ham bo„ysunadi.
Tarmoqli modellar hamda kam resursli EHMlar yaratilar edi. Ular – «to„plamlar» – deb
nomlangan ikki darajali daraxtlardan tarkib topgan yetarli darajada murakkab strukturalardir.
«To„plamlar» «yozuv-bog„lamlar» yordamida birikib zanjirlar hosil qiladi.
Tarmoqli modellar
ishlanganda MBBT unumdorligini oshirish imkonini beradigan ko„p «kichik ayyorliklar» o„ylab
chiqilgan edi; lekin ular MBBTni sezilarli darajada murakkablashtirgan edi. Amaliy dasturchi ko„p
atamalarni bilishi va MBBTning bir nechta ichki tillarini o„rganishi, turli nusxalar, to„plamlar,
yozuvlar va h.k. orasida navigatsiya uchun ma‟lumotlar bazasini mantiqiy strukturasini ikir-
chikirigacha ko„z oldiga keltirishi lozim. UNIX operatsion tizimini ishlovchilardan biri: «Tarmoqli
baza – ma‟lumotlarni yo„qotishning eng ishonchli usuli» degan.
Ierarxik va tarmoqli MBBTdan amalda foydalanishdagi qiyinchiliklar ma‟lumotlarni
ifodalashning boshqa usullarini qidirishga majbur qildi. 60-yillar oxirida inventirlangan fayllar
asosidagi MBBTlar paydo bo„ldi; ular tashkil qilishning osonligi va ma‟lumotlarni manipulyatsiya
qilishning juda qulay ishli mavjudligi bilan farqlanadi.
Lekin bunday MBBTlarda ma‟lumotlarni saqlash, ma‟lumotlar orasidagi bog„lanishlar
miqdori, yozuv uzunligi va uning maydoni miqdori uchun fayllar miqdori cheklangan.
Modullararo interfeysni tashkil qilish muammosi adapterlarning informatsion dasturlarni
yaratishiga sabab bo„ldi; bu ixtisoslashgan (maxsus) tizimlar va dasturaviy
texnologiya ishlab
chiqilishiga olib keldi. Tayyor modullardan yirik dasturaviy komplekslarni tuzishga yo„nalgan
tizimlar bularga kiradi. Bu tizimda oraliq ma‟lumotlar yagona protsessor va ixtisoslashgan
modellararo informatsion dastur-adapterlar yordamida unifikatsiyalanadi; dastur – adapterlar
quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi;
1) har bir alohida modul uchun boshlang„ich ma‟lumotlar mavjudligini nazorat qilish;
2) yetishmaydigan boshlang„ich ma‟lumotlarni berish;
3) ma‟lumotlar turlari, strukturasi va ketma-ketligininng chaqirilayotgan modulda qabul
qilingan ma‟lumotlarning o„xshash xarakteristikalariga muvofiqligini tekshirish;
4) turlar muvofiq bo„lmagan holda ma‟lumotlarni qaytadan
tashkil qilish;
5) almashinish turiga mos ravishda chaqirilayotgan modulga ma‟lumotlar uzatilishini
ta‟minlash;
6) modulni dasturlash tili belgilaydigan muhitni tashkil qilish;
7) natijalarni tekshirish;
8) oraliq natijalarni saqlash uchun qabul qilingan ko„rinishga ma‟lumotlarning qaytadan
o„zgartirilishini bajarish;
9) modul ishi natijalarini keyinchalik foydalanish uchun saqlash.
Dasturlari katta miqdorda kiruvchi, oraliq va natijaviy o„zgaruvchilar
bilan ishlaydigan yirik
ALTlarda almashish jabhasini qandaydir ma‟lumotlar banki ko„rinishida tashkil qilish qulay.
Bu adapter bajaradigan funktsiyalarning bir qismini MBBTga yuklash imkonini beradi;
natijada ALT informatsion va dasturaviy ta‟minotini ishlab chiqishga sarflanadigan vaqt qisqaradi.