• 2.5. ALTning lingvistik ta’minoti
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 389,02 Kb.
    bet12/74
    Sana08.01.2024
    Hajmi389,02 Kb.
    #132704
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
    Bog'liq
    Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

    2.4. ALTning texnikaviy ta’minoti 
    ALTning texnikaviy ta‟minoti – avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun mo„ljallangan 
    o„zaro bog„langan va o„zaro ta‟sir qiluvchi texnikaviy vositalar majmuidir.
    ALTning istalgan hisoblash komplektlari quyidagilarni yetarli miqdorda o„z ichiga olishi 
    kerak: informatsiyani kiritish va chiqarish periferiya qurilmalari, grafik klanshetali va elektron peroli
    grafikli va alfavitli-raqamli displeylar (GD va ARD), har xil formatli yuqori aniqli rulonli va 
    planshetali grafquruvchilar, grafik informatsiyani kodlovchilar, skanerlar, printerlar, magnitli
    disklarda to„plovchi (накопител)lar (MDT), lazerli disklarda to„plovchilar, 200...500 Gbayt hajmli 
    «Vinchester» tipidagi disklardagi to„plovchilar (2003 yilgi holat), funktsional klaviaturalar,
    informatsiyani mikrofilm va mikrofishlarga chiqaruvchi qurilmalar, yuqori darajadagi EHM bilan 
    bog„lanish qurilmalari.
    2.5. ALTning lingvistik ta’minoti 
    ALT lingvistik ta‟minoti asosini maxsus til vositalari (loyihalash tillari) tashkil qiladi; ular
    avtomatlashtirilgan loyihalash protseduralarini va loyihaviy yechimlarni bayon qilish uchun 
    mo„ljallangan. Lingvistik ta‟minotning asosiy qismi – insonning EHM bilan muloqot qilish tillari.
    Loyihalashning muammoli-yo„nalgan tillari (MYT) loyihalashning algoritmik tillariga (Visual Basic, 


    Visual C++, Delphi, Java, Visual Fox Pro va sh.k.) o„xshash. Ba‟zi masalani yechish topshirig„i
    asosan fizikaviy va funktsional mazmundagi original atamalarni o„z ichiga oladi. Masalaning 
    fizikaviy va funktsional bayonidani EHM uchun dasturlarga o„tish so„ngra translyator yordamida
    avtomatik ravishda amalga oshadi. Boshqa hollarda masalan, muhandislik tipidagi masalalarni 
    yechishda, DT o„zida hisobiy matematik masalalarni yechish uchun yuqori darajali algoritmik til
    vositalarini va geometrik ob‟yektlarni modellashning maxsus til vositalarini birlashtiradi. Yuqori 
    darajali algoritmik til translyatori zarur bo„lgan maxsus dasturlar bilan to„ldiriladi.
    DTlar tillar deb nomlansa ham, amalda lingvistik va dasturaviy vositalar kompleksini ifoda 
    etadi. Ular quyidagi vositalarni o„z ichiga olishi kerak: MYT terminal simvollarining to„plami;
    MYTdan interpretatsiya qiluvchi; sintaksistik tahlil vositalari; direktivalarni paketlash vositalari
    MYT bazaviy funktsiyalarining kutubxonalari; MBBT bilan bog„lanish interfeysi.


    Savollar 
    1. ALT matematik ta‟minotining asosini bayon qiling. 

    2. ALT dasturaviy ta‟minoti majmuini bayon qiling.


    3. ALT informatsion ta‟minoti strukturasi va tarkibini bayon qiling. 
    4. ALT texnikaviy ta‟minotini izhor qiling.
    5. ALT lingvistik ta‟minoti mohiyatini bayon qiling. 



    18



    Download 389,02 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




    Download 389,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 389,02 Kb.