20
murakkab dasturaviy protseduralarni bajarishda ma‟lumotlarga dasturaviy ishlov berish funktsiyasini
samarali bajarishadi. Lekin foydalanuvchining ALT bilan samarali bog„lanish va ko„p sonli uncha
qiyin bo„lmagan masalalarni yechish uchun ALTda interaktiv-grafik kompleks (ITK) deb
nomlanuvchi ikkinchi darajaga ega bo„lish maqsadga muvofiqdir.
MHK va ITKlarning har bir
darajalarida mazmuni bo„yicha o„xshash loyihaviy protseduralarni bajarish uchun o„zining ADPlari
bo„ladi.
I k k i d a r a j a l i ALTlar radial va halqasimon strukturaga ega bo„lishi mumkin. Halqasimon
struktura halqasimon hisoblash tarmog„iga birikkan AIJga mos keladi. Bunday ALTda monitor tizimi
va SUBD funktsiyalari hisoblash tarmog„i uzellari bo„ylab taqsimlanadi.
U c h d a r a j a l i ALTlar ikki darajali tizimning texnikaviy vositalaridan tashqari periferiyali
dasturaviy-boshqariladigan jihozni, masalan
chizma avtomatlashtirish, fotoshablonlarni tayyorlash
uchun qurilmalarini, raqam-dasturaviy boshqariladigan dastgohlar dasturlarini nazorat qilish uchun
komplekslarni, o„z ichiga olgan bo„lishi kerak.