Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv




Download 389,02 Kb.
bet18/74
Sana08.01.2024
Hajmi389,02 Kb.
#132704
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv. Loyihalanayotgan tizim ierarxik
darajalarga bo„linadi. Yuqori darajada loyihalanayotgan tizimning faqat umumiy xislat va 
xususiyatlarini aks ettiruvchi kam detallashtirilgan tushunchalardan foydalaniladi. Keyingi
bosqichlarda ko„rish batafsilligi darajasi ortib boradi; bunda tizim bir butunicha emas, balki alohida 
bloklarga bo„linib ko„riladi. Bu har bir darajada inson anglab va tushunib oladigan va mavjud
loyihalash vositalari yordamida yechiladigan darajadagi murakkab masalalarni shakllantirish va 
yechish imkonini beradi. Bloklarga bo„lish shunday bo„lsinki, istalgan darajadagi blok
hujjatnomasini bir odam ko„rsin va qabul qila olsin. 
Loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda katta hajm murakkab masala ketma-ket
yechiladigan kichik hajmli masalalar guruhlariga bo„linadi; bunda guruh ichidagi turli masalalar 
parallel yechilishi mumkin. Har bir darajada tizim va elementlar haqida o„zining tushunchasi bor.
Yuqori i-darajada element deyilgan narsa, keyingi (i-1)-darajada tizim hisoblanadi. Ko„pincha eng 
quyi daraja elementlari bazaviy elementlar yoki komponentlar deb ataladi. Loyihalashda ishtirok
etayotgan muhandislarning ko„pchiligi qandaydir darajadagi tizimlar va elementlar bilan ishlaydi; 
ular loyihalayotgan ob‟yektlar doim ham murakkab tizimlar bo„lavermaydi, garchi ularning
ko„pchiligi murakkab tizimlar tarkibiga kirsa ham. 



23


Murakkab tizimlarni loyihalashda ba‟zan baravariga ikki ierarxik daraja, masalan i va (i+1),
ishtirok etgan bayonnomalar bilan ishlashga to„g„ri keladi. Bu holda tizim, nimtizim va elementlar 
atamalarini qo„llashadi, ularni (mos ravishda) i-darajadagi tizim, tizimlar va (i+1)-darajadagi
elementlar deb qarashadi. 
Shunday qilib, ierarxik darajalar ob‟yekti xossalari aks ettirilishining mufassalligi darajasi
bilan farqlanadigan ob‟yektlar bayoni darajasini ifodalaydi. Boshqachasiga ularni gorizontal 


darajalar yoki abstraktsiyalash darajalari deb atashadi. Qandaydir daraja bayonlarining majmui
masalalarning qo„yilishi va ularning bayonlarini olish metodlari bilan bilan loyihalashning ierarxik 


darajasi deb ataladi.
Gorizontal darajalarda sxemalar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni loyihalash bilan bog„liq 
bo„lgan masalalar guruhlari ularni yechish uchun foydalaniladigan modellar, metodlar, hujjatlash
shakllari bilan birga loyihalash aspektlari (loyihalash aspektlari ba‟zan loyihalashning vertikal 


darajalari) deb ataladi.


Download 389,02 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Download 389,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv

Download 389,02 Kb.