• Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 389,02 Kb.
    bet19/74
    Sana08.01.2024
    Hajmi389,02 Kb.
    #132704
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
    Bog'liq
    Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

    Loyihalash aspektlari. Ierarxik darajalarni tug„diruvchi ob‟yekt xossalari aks ettirilishining
    mufassalligi darajasi bo„yicha bayonlarni ajratishdan tashqari turli aspektlar bo„yicha bayonlar 
    dekompozitsiyasidan ham foydalanishadi. Funktsional, konstruktorlik va texnologik aspektlar yirik
    aspektlarga kiradi. Ushbu aspektlarga taalluqli bayonnomalarni o„zgartirish yoki olish bilan bog„liq 
    masalalarni yechish mos ravishda funktsional, konstruktorlik va texnologik loyihalash deb ataladi.
    F u n k t s i o n a l a s p e k t ob‟yektda ro„y beradigan fizikaviy va informatsion jarayonlarning 
    xarakteri va ishlashining asosiy printsiplarini aks ettiradi va printsipial, funktsional, strukturaviy,
    kinematik sxemalarda va ularga ilova qilinadigan hujjatlarda o„z ifodasini topadi. 
    K o n s t r u k t o r l i k a s p e k t funktsional loyihalash natijalarini amalga oshiradi, ya‟ni
    ob‟yektlarning geometrik shakllarini va ularning fazoda o„zaro joylashishini ta‟minlaydi. 
    T e x n o l o g i k a s p e k t konstruktorlik loyihalash natijalarini amalga oshirish bilan, ya‟ni
    ob‟yektlarni tayyorlash metodlari va vositalarini bayon qilish bilan bog„liq. 
    Ob‟yekt xossalarini differentsiyalabroq (tabaqalashtiribroq), ya‟ni undan bir qator nimtizimlar
    va shunga mos aspektlar sonini ajratib bayon qilish mumkin. Masalan, funktsional aspektni bayon 
    qilinayotgan hodisalarning fizikaviy asoslariga ko„ra elektrik, mexanik, gidravlik, kimyoviy va sh.k.
    aspektlarga bo„lish mumkin. Bunda elektromexanik tizim bayonida elektrik va mexanik 
    nimtizimlarning bayonlari, yadroviy reaktor bayonlarida – gazodinamik, issiqlik, fizika-neyronli
    nimtizimlarning, optika – elektron pribori bayonlarida – elektrik va optik nimtizimlarning bayonlari 
    paydo bo„ladi.
    Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari. Loyihalash vaqtida rivojlanuvchi jarayon sifatida
    davr (стадия)larga, bosqich (этап)larga, loyihaviy protseduralarga va operatsiyalarga ajraladi. 
    Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va
    texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi loyihalash, sinash va tadbiq qilish davrlari ajratiladi. 


    Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar davrlarida
    jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini, sanoatning ushbu va qo„shni sohalaridagi ilmiy-
    texnikaviy yutuqlarni, mavjud resurslarni o„rganish asosida texnikaviy ob‟yektning vazifasi va uni
    qurishning asosiy printsiplari aniqlanadi va uni loyihalash uchun texnikaviy topshiriq (TT) 
    shakllantiriladi. Bu davrlar ilmiy-tadqiqot ishi (ITI) davri deb ham ataladi.

    Eskiz loyihasi davrida (boshqachasiga tajriba-konstruktorlik ishi (TKI) davrida) bo„lajak
    ob‟yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan asosiy printsiplar va qoidalarning to„g„riligi va amalga 
    oshirila olishi tekshiriladi.

    Texnikaviy loyiha davrida loyihaning hamma qismlari har tomonlama ishlab chiqiladi,
    texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va detallashtiriladi. 
    Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo„lgan hamma hujjatlar tayyorlanadi
    (shakllantiriladi). So„ngra tajriba qilish uchun mo„ljallangan namuna yoki bir nechta namunalar 
    tayyorlanadi va sinaladi. Sinov natijalari bo„yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo„lgan tuzatishlar
    kiritiladi va faqat shundan keyin tanlangan korxonada ishlab chiqarishga tadbiq qilish boshlanadi. 
    L o y i h a l a s h b o s q i c h i – bitta yoki bir nechta ierarxik darajalar va aspektlarga taalluqli
    ob‟yektning talab qilingan hamma bayonlarini shakllantirishni o„z ichiga olgan loyihalash 
    jarayonining bir qismidir. Ko„pincha bosqich nomi mos ierarxik darajalar va aspektlar nomi bilan bir
    xil bo„ladi. Masalan, texnologik jarayonlarni loyihalashni texnologik jarayonning printsipial 
    sxemalarini ishlab chiqish, marshrut texnologiyasini va operatsion texnologiyani ishlab chiqish va




    24


    dasturaviy-boshqariladigan texnologik jihoz uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi
    informatsiyani olish bosqichlariga bo„lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni loyihalashda 
    komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va topologik loyihalash bosqichlarni
    ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o„xshash nomga ega bo„lgan funktsional aspektli uch ierarxik 
    darajali masalalarni yechish bilan bog„liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi
    konstruktorlik aspektdagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo„lgan masalalarni o„z ichiga oladi. 
    Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini l o y i h a v i y p r o t s e d u r a l a r deb atashadi.
    Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo„lib, uning bajarilishi loyihaviy yechimni olish bilan 
    tugaydi. Har bir loyihaviy protseduraga ushbu protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning
    qandaydir masalasi mos keladi. Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi loyihalash jarayonining 
    maydaroq tarkibiy qismi l o y i h a v i y o p e r a t s i y a l a r deb ataladi. Buyum chizmasini
    shakllantirish, kuchaytirgich parametrlarini hisoblash, elektr dvigatelini qurish uchun namunaviy 
    konstruktsiyasini tanlash – loyihaviy protseduralarga, namunaviy grafikaviy tasvirni (tishli ilashma,
    chizma ramkasi va sh.k.) chizish, kuchaytirgichning statik holatini bayon qiluvchi algebraik 
    tenglamalar tizimini yechish, elektr dvigatelning navbatdagi variantini qurishning effektiv
    ko„rsatkichlarini hisoblash – loyihaviy operatsiyalarga misol bo„la oladi. 
    Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan ob‟yekt haqida tushunchalarni
    strukturlashga, bosqich tushunchasi esa – loyihalash jarayonini strukturlashga taalluqli. 



    Download 389,02 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




    Download 389,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 389,02 Kb.