• 3.1. ALT klassifikatsiyasi
  •  – Ma’ruza. Mavzu: ALT klassifikatsiyasi




    Download 389,02 Kb.
    bet13/74
    Sana08.01.2024
    Hajmi389,02 Kb.
    #132704
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
    Bog'liq
    Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

    3 – Ma’ruza. Mavzu: ALT klassifikatsiyasi 


    Ma’ruza rejasi: 


    1. ALT klassifikatsiyasi

    1.1. Loyihalash ob‟yektining turi

    1.2. Loyihalash ob‟yektlarining hillari

    1.3. Loyihalash ob‟yektining murakkabligi

    1.4. Loyihalashni avtomatlashtirish darajasi

    1.5. Loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi

    1.6. Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning tavsifi

    1.7. Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning soni

    1.8. Texnikaviy ta‟minot strukturasidagi darajalar soni

    2. ALTning boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o„zaro ta‟siri


    Tayanch so‘zlar va iboralar 
    ALT klassifikatsiyasi, avtomatlashtirilgan ish joyi, loyihalash ob‟yekti, loyihalashni
    avtomatlashtirish darajasi, loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi 
    3.1. ALT klassifikatsiyasi 
    ALTni klassifikatsiyalash asosida quyidagi asosiy masalalar yig„iladi: 
    − o„rnatilgan klassifikatsiya belgilari majmui bo„yicha ALTning yiriklashgan formallashgan
    bayonini shakllantirish; 
    − sanoat va qurilish tarmoqlarining tashkilotlarida yaratilayotgan ALTlarni belgilash;
    − ALTni yaratish va rivojlantirish jarayonida loyihalashni avtomatlashtirish darajasi, 
    loyihalashning avtomatlashtirilishi kompleksliligi va ALTning boshqa ko„rsatkichlari qiymatlarini
    oshirishni rejalashtirish; 
    − ALTni yaratish, funktsiya qilishi va rivojlanishi jarayonini mutaxassislar, texnikaviy
    vositalar, energiya, informatsiya, moliya va boshqa resurslar bilan ta‟minlashning texnikaviy 
    asoslangan me‟yorlarini ishlab chiqish uchun shartlarni berish.
    GOST 23501.108-85 ga muvofiq ALTning formallashgan bayonini 
    − standart o„rnatgan klassifikatsiya belgilari bo„yicha ALT klassifikatsion guruhlarining
    kodlarini;
    − klassifikatsion guruhlar nomlarini (keltirilgan kodlarga muvofiqligini);
    − har bir klassifikatsion guruh kodi qaysi klassifikator, standart yoki metodikaga muvofiq 
    aniйlanganligi bo„yicha ko„rsatmalarni o„z ichiga oladi.
    ALTni quyidagi belgilar tavsiflaydi: turi, xili (raznovidnost), loyihalash ob‟yektining 
    murakkabligi; loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi; tayyorlanadigan loyihaviy
    hujjatlarning xarakteri va soni ALT texnikaviy ta‟minoti turidagi darajalar soni. 
    Uchta birinchi belgilar loyihalash ob‟yektining xususiyatlarini aks ettiradi, keyingi to„rttasi
    tizimning imkoniyatlarini, sakkizinchi belgi esa – ALT texnikaviy bazasining xususiyatlarini 
    ifodalaydi. Muayyan ALT haqida umumiy tushunchaga ega bo„lish uchun u sanalgan belgilar
    bo„yicha baholangan bo„lishi kerak. Ularni batafsil ko„rib chiqamiz. 



    Download 389,02 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




    Download 389,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – Ma’ruza. Mavzu: ALT klassifikatsiyasi

    Download 389,02 Kb.