13
Misol: Samolyotlar harakatining jadvalini va Aeroport ishini tashkil qilish bilan bog„liq
bo„lgan qator boshqa ma‟lumotlarni saqlash talab qilinsin. Buning uchun zamonaviy MBBTlarning
biridan foydalanib jadvalning quyidagi bayonini tayyorlash mumkin:
Jadval
Jadvali tuzilsin
(Reys_nomeri
Butun
Hafta_kunlari
Matn (8)
Jo„nash_punkti
Matn (24)
Uchish_vaqti
Vaqt
Borish_punkti
Matn (24)
Borish_vaqti
Vaqt
Samolyot_turi
Matn (8)
Chipta_narxi
Valyuta)
va u ma‟lumotlar bilan birga «Aeroport» MBsiga kiritilsin.
Eng to„liq variantda MBBT quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo„lishi kerak:
−
foydalanuvchi muhiti – klaviatura yordamida ma‟lumotlarni bevosita boshqarish imkonini
beradi;
−
interpretator sifatida realizatsiya qilingan, ma‟lumotlarga ishlov berish amaliy tuzilishini
dasturlash uchun
algoritm tili; interpretator dasturlarni tez tuzish va sozlash imkonini beradi;
−
kompilyator – tayyor bo„lgan dasturga mustaqil EXE-fayl
shaklida tayyor kommertsiya
mahsuloti ko„rinishini beradi;
−
utilit-dasturlar – o„zgarmas, oddiy operatsiyalarni tez dasturlashga xizmat qiladi
(hisobotlar, ekranlar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari).
MBBT – bu foydalanuvchi qobig„idir. Bunday muhit foydalanuvchining so„rovlarini tezlik
bilan qonistirishga yo„nalganligi sababli, bu – doim intepretator-tizimdir.
MBBTda dasturlash tilining mavjud bo„lishi muayyan
masala va hatto muayyan
foydalanuvchiga mo„ljallangan ma‟lumotlarga ishlov berish murakkab tizimlarini yaratish imkonini
beradi. Faqat tilga ega bo„lib foydalanuvchi qobig„i bo„lmagan MBBTlar ham mavjud. Ular faqat
dastur tuzuvchilarga mo„ljallangan; ular kompilyatsiyalovchi turdagi tizimlardir. Bunday paketlar
faqat shartli ravishda MBBT deb atalishi mumkin. Odatda ularni kompilyatorlar deb atashadi.
MBBT
so‘rovlar tili ma‟lumotlar bo„yicha ham dasturga va ham terminalga murojaat qilish
imkonini beradi (2.1-rasm).
So„rovni shakllantirib
TANLANG Reys_nomeri, Hafta_kunlari, Uchish_vaqti
JADVALDAN
Jadval
BU YERDA Jo‘nash_punkti = 'Toshkent'
VA Qo‘nish_punkti = 'Kiev'
VA Uchish_vaqti > 17;
kechki vaqtga «Toshkent – Kiev» jadvalini olamiz, quyidagi so„rov bo„yicha esa
SONINI TANLANG (Reys_nomeri)
JADVALDAN Jadval
BU YERDA Jo‘nash_punkti = 'Toshkent'
VA Qo‘nish_punkti = 'Minsk'
«Toshkent – Minsk» reyslari sonini olamiz.
Lekin MBBT orqali ma‟lumotlarni almashtirish uchun, u yoki bu ilovalar uchun maxsus
yaratilgan fayllardan shunday ma‟lumotlarni almashtirishga nisbatan, ko„proq vaqt talab qilinadi.
Ma‟lumotlarni manipulyatsiya
qiluvchi tillar yaratilgan; ular relyatsion algebraning hamma
operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Ular orasida eng ko„p tarqalganlari – SQL
(Structured Query Language –
so‘rovlarning strukturlangan tili) va QBE (Quere-By-Example –
namuna bo‘yicha so‘rovlar). Ikkala til ham juda yuqori darajadagi tilga kiradi;
ular yordamida
14
foydalanuvchi ularni olish protsedurasini aniqlamay turib olinishi zarur bo„lgan ma‟lumotlarni
ko„rsatadi.
2.1-rasm. MBBTdan foydalanganda dasturlar va ma‟lumotlar orasidagi bog„lanish
MBBT hamma foydalanuvchilarga jumladan:
− ma‟lumotlarning xotirada fizik joylashuvi va ularning bayoni;
− so„ralayotgan ma‟lumotlarni qidirib topish mexanizmi;
− bir xil ma‟lumotlarni, amaliy dasturlarni ko„p foydalanuvchilar bir vaqtning o„zida
so„raganda hosil bo„ladigan muammolar;
− ma‟lumotlarni noto„g„ri yangilashlar va (yoki) ularga ruxsatsiz
kirishdan himoyalashni
ta‟minlash usullari;
− ma‟lumotlar bazasini dolzarb holda ushlab turish va h.k.lar haqida tushunchaga ega
bo„lmagan yoki ega bo„lishni istamagan foydalanuvchilarga ham, ma‟lumotlarga
kirish imkonini
berish kerak.
MBBT o„zining ushbu funktsiyalaridan asosiylarini bajarayotganda ma‟lumotlarning turli
bayonlaridan foydalanishi kerak. Bu bayonnomalar qanday yaratiladi?
Ma‟lumotlar bazasi loyihasini predmet (mavzu) sohasini tahlil qilishdan va alohida
foydalanuvchilarning (tashkilot xizmatchilari; ma‟lumotlar bazasi ular uchun yaratiladi) unga
qo„yadigan talablarini aniqlashdan boshlash zarur. Bu jarayon keyinchalik batafsilroq ko„riladi, bu
yerda esa quyidagini qayd qilamiz – odatda loyihalash bir odamga (bir guruh odamlarga) –