O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 389,02 Kb.
bet69/74
Sana08.01.2024
Hajmi389,02 Kb.
#132704
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

Fragmentatsiya hodisasining ma‟nosi shundaki, multidasturlash sharoitlarida OXning band bo„lgan
jabhalari orasida katta bo„lmagan erkin adres bo„shliqlari «tirqishlari» qoladi. Alohida har bir bunday 
bo„shliq unda navbatdagi foydalanuvchi masalasini butunicha joylashtirish uchun yetarli emas. Lekin
bu bo„shliqlar summasi operativ xotiraning muloqot uchun ajratilgan hajmining katta qismini tashkil 
qiladi. OX fragmentatsiyasi nafaqat foydalanuvchilar masalalari zonalari orasida, balki ularning
ichida ham kuzatiladi. Agar EHM virtual xotirani, uni betma-bet tashkil qilishni amalga oshiradigan 
apparat vositalariga ega bo„lmasa, OX fragmentatsiyasi HTning o„tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish
va uning hamma hisoblash resurslaridan samarali foydalanish yo„lida sezilarli to„siq bo„ladi. 
Dasturlarni dinamik siljitish OX fragmentatsiyasini bartaraf qilish bo„yicha tadbirlarga kiradi; bunda
foydalanuvchilar dasturlari muntazam ravishda masalalar dinamik zonasining bitta chetiga qarab, 
masalan OX yuqori adreslari jabhasiga, siljiydi; bunda quyi (kichik) adreslar jabhasida o„z
o„lchovlari bo„yicha yana bitta foydalanuvchi masalasini yuklash uchun yetarli bo„lgan bog„langan 
zona bo„shaydi.
Masalalar yechilishini bevosita boshqarish bo„yicha OT imkoniyatlarini ta‟minlaydigan 
dasturlar majmuasi masalalarni boshqarish dasturlari (monitor, supervizor, OT boshqaruvchi 

dasturi) deb ataladi.
OT asosiy funktsiyalaridan biri OX va TQlar orasida informatsiya almashinishini tashkil 
qilishda bo„lganligi uchun, bu funktsiyani amalga oshirish yetarli darajada yirik bo„lim –

ma’lumotlarni boshqarish (kiritish-chiqarish supervizori, fayllarni boshqarish) deb nomlanadigan
bo„lim orqali ta‟minlanadi. 


* Izoh. Bu erda va bundan keyin tashqi olib yuruvchilarda joylashgan informatsiyani belgilash uchun
«ma‟lumotlar to„plami» yoki «fayl» atamalarini qo„llaymiz. 


Ma’lumotlar to‘plami – umumiy nomda birlashgan va ma‟lum fizikaviy tarkibga ega bo„lgan,
nomlari birma-bir ko„rsatilgan ma‟lumotlar majmuasidir. 


Fayl – bir mavzuga taalluqli, mantiqiy yozuvlardan tarkib topgan nomlari birma-bir
ko„rsatilgan ma‟lumotlar majmuasidir. 


* Izoh. «Fayl» tushunchasi tashqi olib yuruvchida ma‟lumotlarni muayyan fizikaviy tashkil qilinishini
nazarda tutmaydi. Bu atama informatsiyani muayyan fizikaviy tashkil qilishi qiziq bo„lmagan yoki doim bir xil 
bo„lgan hollarda qo„llanadi. «Ma‟lumotlar to„plami» tushunchasi mantiqiy yozuvlar formatini, ularning blokirovka
qilinishi koeffitsientini, tashkil qilinishi turini, kalit (ключ)lar, deskriptorlar, identifikatorlar va h.k.larni yanada 
aniqlashtirishni albatta nazarda tutadi.
Istalgan OT doirasida ma‟lumotlar to„plamlari tashkil qilinishi turlarining mumkin bo„lgan 
cheklangan soni mavjud: ketma-ket to„g„ri (прямая) kutubxonali va boshqalar. Berilgan tartibda
tashkil qilingan ma‟lumotlar to„plamiga murojaat qilinganda OT ma‟lum servis vositalarini 
ta‟minlaydi. O„zining ishida bu vositalardan birinchi navbatda dasturchilar foydalanishadi. Ba‟zi
OTlar ma‟lumotlar to„plamiga kirishni tashkil qilishda servis vositalaridan turli variantlarda 
foydalanish imkonini beradi. Odatda kirishni tashkil qilishdagi katta qulayliklar doimo ishlash
qoidalarida katta standartlashtirishni ham bildiradi. Ma‟lumotlar to„plamini tashkil qilishning 
tanlangan turini unga kirishning u yoki bu usuli bilan birga qo„shib olib borish dasturchi uchun ushbu
operatsion tizimda ruxsat etiladigan kirishning muayyan metodini tanlashni bildiradi. Kirishning 
standart metodidan foydalanish TQlar bilan informatsiya almashinuvini tashkil qilishni ancha
yengillashtiradi. Bunda informatsiya portsiyasini TQdan o„qish uchun yoki unga yozish uchun 
foydalanuvchiga o„z dasturida faqat mos makrokomandani qo„llash kifoya, OT vositalari
foydalanuvchini o„z dasturi matnida TQ nomerini, ularda ma‟lumotlar to„plamlari joylashishining 
fizikaviy adreslarini va dasturni EHMning ushbu konfiguratsiyasiga mahkam bog„lovchi boshqa
ma‟lumotlarni muayyanlashtirish zaruratidan ozod qiladi. Buning o„rniga dasturchi TQning faqat 
mantiqiy nomini ko„rsatishi yoki uning turini tavsiya qilishi mumkin.




76


Almashishlarni tashkil qilishga kirishning standart metodlari qo„ygan cheklashlar dasturchini
qoniqtirmasa, u OTning boshqa vositalaridan – kirishning fizikaviy metodidan foydalanishi mumkin 
lekin bunda dasturchidan OTni yaxshi bilishi va dastur yozishda ko„proq kuch sarflashi talab
qilinadi; bunda dastur matni sezilarli darajada murakkablashadi. 
OTda ma‟lumotlar almashinuvini tashkil qilish bilan tanishganda foydalanuvchi kirish metodi
tushunchasidan tashqari drayver dasturi haqidagi tushuncha bilan ham uchrashadi. Bu tizimli vosita 
kirish metodiga nisbatan ko„proq ixtisoslashgan chunki, u TQning faqat muayyan va yagona
turigagina kirishni ta‟minlaydi. 
Istalgan OTning ahamiyatli funktsiyasi – topshiriq EHMdan o„tishining hamma bosqichlarida
yetarli darajada batafsil bo„lgan diagnostikani ta‟minlashdir. Hisoblash jarayoni bajarilishi paytida 
aniqlangan turli to„xtashlar va xatoliklar haqidagi diagnostik xabarlar ayniqsa batafsil bo„lishi kerak.
Servis vositalari yuksak bo„lgan OTlarda yanglish mashina komandasi joylashgan OHning fizikaviy 
adresini hamda xatoni tug„dirgan dastur birlamchi moduli komandasining joylashgan joyini aniqlash
imkoni mavjud. 



Download 389,02 Kb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Download 389,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 389,02 Kb.