• Leksikologiya.
  • Frazeologiya.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




    Download 0,57 Mb.
    bet3/23
    Sana07.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #131394
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    5A111701 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi boshlang‘ich

    Grafika va orfografiya. O‘zbek grafikasi (yozuv tizimi) haqida ma’lumot. Harf tilning asosiy grafik vositasi ekanligi. Tovush va harf. Alifbo (alfavit).

    O‘zbek imlosi va uning asosiy tamoyil(prinsip)lari; morfologik, fonetik, an’anaviy-etimologik, differensiyalash, grafik tamoyillar. Morfologik tamoyilning asosiy va yetakchi tamoyil ekanligi.

    O‘zbek imlosining asosiy qoidalari: ayrim harflar, o‘zak-negiz va qo‘shimchalar, qo‘shma so‘zlar imlosi; bo‘g‘in ko‘chirish, bosh harflarning yozilish qoidalari.

    Leksikologiya. Leksika (lu g‘at tarkibi) va leksikologiya haqida umumiy ma’lumot.
    So‘z til va nutqning eng muhim va asosiy birligi sifatida. So‘zning leksik va grammatik ma’nosi.
    Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi. Ma’no ko‘chirishning asosiy turlari; metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik (ma’noning vazifaga ko‘ra ko‘chishi; ma’noning torayishi va kengayishi.

    O‘zbek tilida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari haqida ma’lumot.Omonimlar, ularning ko‘p ma’noli so‘zlardan (polisemantizmlardan) farqi.
    Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar) va sinonimiya qatori. Antonimlar. Paronimlar. Omonim, sinonim, antonim va paronimlarning asosiy turlari va nutqda qo‘llanish xususiyatlari.

    Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi jihatidan tavsiflanishi.
    Lug‘at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanishi jihatidan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidanqo‘llanishi haqida ma’lumot.

    Lug‘at tarkibining faolligi yoki nofaolligi jihatidan tavsiflanishi; lug‘at tarkibining hissiy-ta’siriy bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi.O‘zbek tilining nofaol leksikasi, neologizmlar (yangi paydo bo‘lgan so‘zlar). Hissiy-ta’siriy jihatdan o‘zbek tili lesikasi; umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz va bo‘yoqdor so‘zlar. Uslubiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi: uslublararo (yoki uslubiy betaraf) va uslubiy xoslangan leksika

    Frazeologiya. Frazeologiya haqida ma’lumot. Frazeologizm til va nutq birligi sifatida. Frazeologik iboralarning ma’no xususiyatlariga ko‘ra asosiy belgilari va turlari. Lug‘at tarkibidagi ajralmas birikmalar – frazeologik birikmalarning ma’no va tarkib jihatdan tavsiflanishi.


    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

    Download 0,57 Mb.