|
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar
|
bet | 40/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.Internet materiallaridan foydalanib, ta’lim sohasidagi yangiliklardan namunalar yozish .
2.Mavzuga doir multimediali taqdimot tayyorlang.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Internet va udan foydalanish madaniyati haqida ma’lumot bering.
2. Ta’lim sohasida internet texnologiyalarini izohlab bering.
3. Internetda verbal muloqotni tushuntiring
4. Internetda noverbal muloqotni tushuntiring.
REKLAMA – IDORAVIY MULOQOT JANRI. REKLAMA MATNINING TUZILISHI, REKLAMA MATNI
Reja:
Reklama haqida umumiy ma’lumot.
Reklamaning o’ziga xos xususiyatlari.
Reklama shiorlaridagi bog’liqlik.
Reklama matnlarining tuzilishi.
Har qanday reklama axborot matnini tinglovchiga yetkazish uchun xizmat qiluvchi vosita sanaladi. Demak, reklamaning birlamchi va asosiy elementi bu tildir. Reklamalar matni (peshlavha, shior, afishalar) matnlariga nisbatan o’ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Quyida ana shunday matnlar haqida so’z yuritamiz.
Ma’lumki, har qanday matndan anglashilayotgan fikrlar undagi til birliklari orqali ifodalanadi.Matnning o’iga xos xususiyati undagi til birliklarining o’zaro bog’liqligi, mosligi va yaxlitligidir. Ko’chma reklama matnlari tuzilishiga ko’ra alohida ahamiyatga ega. Ularda aks etuvchi yozuvlar, rasmlar, shartli bekgilar, simvollar reklama matni semantikasiga bog’liq bo’ladi.
Tilning ifoda vositalari reklama qilinayotgan mahsulotning muhim qirralarini ochishda zaruriy vosita hisoblanadi. Masalan, vizual (ko’ruv) reklama matnlarida lingvistik vosita sifatida asosan yuqori emotsional -ekspressivlikka ega bo’lgan sifat turkumiga ega bo’lgan so’zlar qo’llaniladi.Chunki reklama qilinayotgan xizmatlar, tovarlarning o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklarini alohida ta’kidlab, bo’rttirib ko’rsatish, asosan, sifat so’z turkumi orqaligina amalga oshiriladi. Masalan, xushbo’y, nozik, shaffof, sof, asl, toza, haqiqiy, tabiiy, chin, arzon, ommabop, hammabop, yoqimli, ko’rkam, yorqin, porloq, xushbichim, orasta, zebo kabi.
Shuningdek, reklama matnlarida buyruq tarzidagi da’vat fe’llari ham ko’p qo’llanishi mumkin. Masalan, his eting, tashrif buyuring, marhamat qiling, tanishib chiqing, tanlang, kuting, ishtirok eting,ega bo’ling, shoshiling, lazzatlaning, quvoning va hokazo. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki,vizual reklamalarturiga kiruvchi ko’cha reklama tilining muhim va jonli bo’lishi hamda ta’sirchan shaklda o’quvchiga yetkazilishi uchun uning matni mazmunli, siqiq shaklda va tasviriy san’at bilan omuxta bo’lishi, ya’ni reklamalarda til birliklari va tasviriy san’at uyg’unligi ta’minlanishi kerak. Vizual reklamalarni til birliklarining qo’llanish yoki qo’llanmasligiga ko’ra shartli ravishda lingvistik matnli reklamalar lingvistik matnlarsiz reklamalarga qaraganda ko’proq axborot tashiydi. Lingvistik matnli reklamalarda ko’zlangan maqsadga erishish reklama mazmunini ifodalovchi asosiy so’zlarning qisqaligiga, yozilish shakli, rangi va boshqa xususiyatlariga ham bog’liq.
Tuzilishiga ko’ra reklama shiorlarini 3 guruhga ajratish mumkin:
|
| |