|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 41/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Bog’langan shior. Bunda tovar nomi ishtirok etadi: Har doim Coca-Cola!
Uyg’unlashgan shior. Unda shior tovar nomi bilan ritmik va fonetik uyg’unlikda bo’ladi: Alyumag – oshqozonga ko’mak; Ermak – bu foydali, mazali va toza yemak; Muza bilan siz, betakror pazandasiz.
Erkin shior. Bunda tovar markasi alohida qo’llanadi: Nescafe. Hammasi yaxshilikka. Nestle. Musaffo hayot davri keldi! Shaffof. Birinchi buloq suvi!
Reklama matnlari quyidagicha bo’lishi lozim:
qisqa so’z, qisqa gap, qisqa abzaslardan foydalanib mazmunli matn tuzish;
reklama qilinayotgan taklifni bevosita sarlavhaning o’zida isbotlash;
“qulay” so’ziga asosiy e’tiborni qaratish;
sarlavha osti qismida matnni takroran eslatish;
reklama matnini mahsulot yoki xizmatni harakatda tasvirlovchi rasmlar bilan berish;
taklifning qat’iyligi to’g’risidagi iborani kiritish;’so’z yoki iborani katta harflarda yozish.
Reklama shunday jarayonki, unga har kuni, har yerda har bir kishi duch keladi. Reklama ommaviy kommunikatsiyaning barcha sohalariga kirib bormoqda.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.Internet materiallaridan foydalanib, sohangizga oid reklama matnini yarating va ularga namunalar yozish .
2.Mavzuga doir multimediali taqdimot tayyorlang.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Reklama haqida ma’lumot bering.
2. Reklamaning o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.
3. reklama shiorlaridagi bog’liqlikni tushuntiring
4. reklama matnlarini tuzishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Mavzu. Ilmiy uslub. Uslublar va vizual axborotlar.
Rejasi:
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
Lug’atlar bilan ishlash
Dastlabki ilmiy matnni yaratish (AKT sohasiga tegishli kamida 10ta termindan foydalangan holda kichik ilmiy matn yaratish va terminlardan izohli lug’at tuzish) Terminlar izohi bo’yicha manbalar ko’rsatilishi shart.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.
1.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
|
| |