|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 72/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) ARP protokoli
Deytagrammalarni uzatish chog‘ida bir vaqtning o‘zida tarmoq sathidagi manzillar(Internetning IP-manzili) va kanal sathidagi manzillar (LAN-manzillar) dan foydalaniladi, shu sababdan bir turdagi manzilni boshqa turdagi manzilga o‘zgartirish zaruriyati yuzaga keladi. Internetda bu ishni ARP protokoli (Address Resolution Protocol— manzillarni hal qiluvchi protokol) bajaradi. Internetga ulangan har bir xostda va lokal tarmoqqa ulangan marshrutizatordaARP-moduli(RFC826) bor.
Deytagrammalarni lokal tarmoqlar doirasidagi tugunga uzatish
ARP protokoli nima uchun kerakligini tushunish uchun 3.1.4- rasmda tasvirlangan tarmoqni ko‘rib chiqamiz. Bu oddiy misoldahar bir tugunda IP-manzil, tugunning har bir adapterida esa, LAN-manzil bor. IP-manzillar to‘rtta o‘nli son ko‘rinishida taqdim etiladi, LAN-manzillar esa, o‘n olti-lik raqamlar ko‘rinishda ko‘rsatilgan. Endi faraz qilaylik, 222.222.222.222 IP-manzilli tugunIP-deytagrammani 222.222.222.222 tugunga uzatmoqchi. Bu masalani yechish uchun, uzatuvchi tugun adapterga nafaqat IP-deytagrammani, shuningdek, 222.222.222.222 tugunning LAN- manzilini uzatishi kerak. Tugunning IP- deytagrammasini va LAN-manzilni olib, uzatuvchi tugun adapteri qabul qiluvchi tugunLAN-manzilida kanal sathidagi kadrni shakllantiradi va uni lokal tarmoqqa uzatadi. Biroq, uzatuvchi tugun qanday qilib, 222.222.222.222 IP–manzilli tugunning LAN-manzilini aniqlaydi? U bu ishni ARP moduli yordamida, unga IP-manzilni uzatgan holda bajaradi. Bunga ARP-modul tugunning tegishli LAN-manzili, ya’ni49-BD-D2- C7-56-2A manzil bilan javob beradi.
3.1.4-rasm. Lokal tarmoqning har bir tugunida IP-manzil, tugunning har bir adapterida esa LAN-manzil bor.
Shunday qilib, ARP-modul IP-manzilni uzelning LAN-manziliga o‘zgartiradi. Bu ko‘p jihatdan xost nomlarini IP-manzillariga o‘zgartirib beruvchi DNS tizimiga o‘xshaydi. Biroq manzillarni o‘zgartiruvchi bu ikkita tuzilma o‘rtasidagi muhim farq shundaki, DNS xostlar nomlarini IP manziliga butun Internetda o‘zgartiradi, ARP protokoli esa faqat bitta lokal tarmoq doirasidagi IP-manzillar bilan shug‘ullanadi.
Har bir tugunning ARP-modulida ARP-jadval saqlanadigan operativ xotira qurilmasi bor. Bu jadvalda lokal tarmoq xostlarining IP- manzillari va ularga tegishli LAN-manzillar yozib qo‘yilgan. Quyida 222.222.222.220 tugun uchun ARP-jadvalning namunasi keltirilgan (3.1.2-jadval). Jadvalda, shuningdek, manzillarning har bir jufti uchun yashash vaqti maydoni ham keltirilgan (Time To Live, TTL), unda bu yozuv qachon jadvaldan olib tashlanishi ko‘rsatiladi. E’tibor bering, jadvalda lokal tarmoqning barcha tugunlari uchun yozuv bo‘lishi shart emas. Masalan, ba’zi bir tugunlar uchun yozuvlvr olib tashlangan, chunki ularning yashash vaqti tugagan, boshqa tugunlar uchun yozuvlar esa umuman hech qachon bu jadvalga tusha olmaydi. Yashash vaqtining odatiy qiymati - ARP-jadvalga yozuv kiritilgan ondan boshlab 20 minut bo‘ladi.
Endi faraz qilaylik, 222.222.222.220 tugun o‘sha lokal tarmoqning boshqa tuguniga deytagramma jo‘natmoqchi bo‘lsin. Buning uchun uzatuvchi tugun oluvchi tugunning IP-manzili bo‘yicha uning LAN- manzilini bilishi kerak. Agar uzatuvchi tugunning ARP-jadvalida oluvchi tuguni uchun yozuv bo‘lsa, bu qiyin masala emas. Xo‘sh, ARP- jadvalida bundayyozuv bo‘lmasa nima qilish kerak? Masalan,
222.222.222.220 tuguni 222.222.222.222 tuguniga deytagramma jo‘natishni hohlasin. Bu holda uzatuvchi tugunARP protokoli yordamida unga kerakli manzilni aniqlaydi.
Avvaliga uzatuvchi tugunmaxsus ARP paketini shakllantiradi. Bu paketda bir necha maydon mavjud bo‘lib, ular orasida uzatuvchi va qabul qiluvchi tugunlarning IP-manzillari i LAN-manzillari bor. Ikkala ARP-paketlar uchun (so‘rov va javoblar uchun) bitta formatdan foydalaniladi. So‘rovli ARP-paketning maqsadi lokal tarmoqning barcha boshqa tugun-larini so‘roqlab chiqish va bizni qiziqtirayotgan IP- manzilga tegishli LAN-manzilni aniqlashdan iborat.
|
| |