|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 73/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)3.1.2- jadval. 222.222.222.220 LAN manzilli tugun uchun ARP-jadvaliga misol
IP-manzil
|
LAN-manzil
|
TTL
|
222.222.222.221
|
88-B2-2F-54-1A-0F
|
13:45:00
|
222.222.222.223
|
5S-66-AV-90-75-V1
|
13:52:00
|
Shunday qilib, bizning misolda 222.222.222.220 tuguni o‘z adapteriga so‘rov bilan ARP–paket uzatadi. Unda bu paketni FF-FF-FF- FF-FF-FF keng eshittirishli LAN-manzilga jo‘natish kerakligi ko‘rsatiladi. Adapter ARP-paketni kanalsathidagi kadrga joylashtiradi, oluvchi tugunning manzil maydonidagi keng eshittirishli manzilini ko‘rsatadi va kadrni lokal tarmoqqa uzatadi. ARP so‘rovli kadr lokal tarmoqning barcha adapterlari tomonidan qabul qilinadi va (so‘rovda keng eshittirishli manzildan foydalanilgani uchun) har bir adapter kadrdagi ARP-paketni o‘z tuguniga uzatadi. Har bir tugun uning IP- manzili oluvchining ARP-paketdagi IR-manzili bilan mos tushishini tekshirib ko‘radi. IP-manzili paketda ko‘rsatilgan manzil bilan mos tushgan so‘rayotgan tugunga ARP javob paketini jo‘natadi. Unda tegishli LAN manzili ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng so‘rovchi 222.222.222.220 tugun o‘z ARP-jadvalini yangilashi va IR- deytagrammani jo‘natishi mumkin.ARP protokoli haqida ikkita qiziq fikrni qayd etish lozim. Birinchidan, ARP- so‘rov keng eshittirishli kadrda jo‘natiladi, javob esa, standart kadrda uzatiladi. Ikkinchidan,ARP protokolida o‘zini o‘zi sozlash (plug-and-play)prinsipi ro‘yobga ro‘yobga chiqarilgan. Chunki, tugunning ARP-jadvali avtomatik tarzda shakllanadi, u tizim ma’muri tomonidan sozlanishi kerak emas. Agar tugun lokal tarmoqdan uzilsa, unga tegishli yozuv yashash vaqti tugaganidan so‘ng jadvaldan chiqariladi.
|
| |