|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 76/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)3.1.6-rasm. Tarmoq sathida guruhli jo‘natmaning ikki tashkil etuvchisi: IGMP protokoli va guruhli marshrutlash protokollari.
IGMP protokolining 2-versiyasi (RFC2236) dafaqat 5.5-jadvalda keltirilgan 3 turdagi xabarlardan foydalaniladi. Umumiy xabarlar membership_query (a’zolik haqidagi so‘rovnoma) marshrutizator tomonidan uning interfeysiga ulangan barcha xostlarga (masalan lokal tarmoqning barcha xostlariga jo‘natiladi ( ushbu interfeys xostlari a’zo bo‘lgan barcha jo‘natma guruhlarini tanishi uchun). Maxsus xabarmembership query ordamida marshrutizator, shuningdek, uning biror nnterfeysiga ulangan u yoki bu xost jo‘natmalarning muayyan guruhiga tushdimi - shuni aniqlashi mumkin. Bu maxsus so‘rovnoma o‘zi uchun maxsus ajratilgan maydonga joylashtirilgan guruh manzilini o‘z ichiga oladi.
Xostlar 3.1.7-rasmda ko‘rsatilganidek. Membership query xabariga IGMP-xabar bilan javob beradi. Xost, shuningdek, ilova jo‘natma guruhiga birinchi marta qo‘shilganida marshrutizatordan membership query xabarini kutmasdan membership report xabarlarini generatsiyalashi mumkin. Membership report xabarlarini marshrutizatorlar va marshrutizatorning o‘sha interfeysiga ulangan barcha xostlar (masalan, lokal tarmoq holida) oladilar. Har bir membership reportxabari javob beruvchi xost kirgan guruhning guruhli mnzilini o‘z ichiga oladi. E’tibor qiling, mrshrutizator uchun xostlardan qaysi biri jo‘natmaning berilgan guruhiga qo‘shilgani yoki hatto ushbu lokal tarmoqdan nechta xost muayyan guruhga qo‘shilgani ba’ribir. Marshrutizator faqat unga ulangan har qanday xostlar jo‘natmaning u yoki bu guruhiga tegishliligi haqida havotirlangani uchun ideal
holdaguruhga tegishliligi haqida bittadan ortiq bo‘lmagan bildirishnoma olishni hohlardik..Buning uchun IGMP protokolida maxsus mexanizm bor, u birnechta o‘zaro qo‘shilgan xostlar bitta jo‘natma guruhiga tegishli bo‘lgan holda membership report xabarlar sonini kamaytirish uchun mo‘ljallangan.
|
| |