|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang‘ich professional ta’limning fan dasturi
|
bet | 5/7 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 39 Kb. | | #268013 |
Bog'liq 6. Tarbiya fani dasturi 60 cоатSoxta xabarlar ortida nima bor? Soxta axborotlardan himoyalanish va soxta xabarlardan himoyalanish. “Fact-checking” – informatsiya bilan ishlashda ma’lumotlarni tekshirishning zamonaviy usullaridan foydalanish. Axborotlarning inson ruhiyatiga ta’siri. Internet tarmog‘idagi axborot urushi. Yolg‘on ma’lumotlarning maqsadini anglash. Ma’naviy tahdidlar. Yolg‘on axborot tarqatish va uning oqibatlari. Media madaniyat. Kiber makon.
MEHNATSEVARLIK, TADBIRKORLIK VA KASBIY KO‘NIKMALAR
Baxtli hayot poydevori. Mehnat va mehnatsevarlik. Mehnat qilish zarurati. Hunarning inson hayotidagi ahamiyati. Halol mehnat – baxtli hayot poydevori
Iste’mol va tadbirkorlik madaniyati. Milliy qadriyatlarda tadbirkorlik haqida qarashlar. Rostgo‘ylik. Zamonaviy ishbilarmonlik g‘oyalarni ilgari surish ko‘nikmalari. Tadbirli bo‘lish har jabhada muvaffaqiyat garovi.
Kasb tanlash sirlari. Kasb tanlashda oilaviy an’analar. Yaxshi xodimga xos jihatlar. Jamoaviylikning ahamiyati. Raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish zarurati.
O‘zgarishlardan to‘xtamaslik. Ilm olish sirlari. Umr bo‘yi o‘rganish. O‘z tilini sevish va o‘zga tillarni hurmat qilish. Zamonaviy bilimlarni egallash va moslashuvchanlik. O‘z iste’dod, qiziqish va ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Iroda. Maqsadga yetishda irodaning o‘rni. Boshlagan ishni oxiriga yetkazish. Matonat, iroda, tirishqoqlik. Imkoniyati cheklanganlar imkoniyatlari. Maqsad yo‘lida barqaror bo‘lish. Irodani mustahkamlash yo‘llari.
Umumlashtiruvchi dars: Baxt formulasi haqida. Hayotda o‘z o‘rnini topish.)
OILAVIY QADRIYATLAR
Vatan taraqqiyotida men mas’ulman. Mas’uliyat tushunchasi. Inson daxldorligi. Vatan taraqqiyotiga kim munosin hissa qo‘sha oladi.
Erkin va farovonlik hayot mazmuni. Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi haqida. Bugungi kunda davlatimizda farovon turmush, yurt tinchligi, jamiyat rivoji uchun amalga oshirilgan ishlar haqida.
|
| |