|
Dadil qadamlar bilan katta hayot sari
|
bet | 6/7 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 39 Kb. | | #268013 |
Bog'liq 6. Tarbiya fani dasturi 60 cоатDadil qadamlar bilan katta hayot sari. Mustaqil hayotga qadam qo‘yishda amal qilish kerak bo‘lgan qoidalar. Vatanimizning fidoyi farzandlari haqida.
Oila mas’uliyati, sha’ni qadri. Muqaddas kitoblar va ajdodlar merosida baxtiyor oila qo‘rg‘onini qurishga oid qarashlar, tavsiyalar. Oilada tomonlarning majburiyatlari.
INSON MA’NAVIYATI
Ibrat maskani. Mahalla haqida. Ajdodlarimizning mahalla haqidagi qarashlari. Mahallada qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida.
Bag‘rikenglik. O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari. Diniy bag‘rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot. Diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish zarurati. Diniy va dunyoviylik uyg‘unligiga rioya qilish uchun nima qilish kerak?
Ksenofobiya. Ksenofobiya, xristianofobiya, yudofobiya, islamofobiya tushunchalari haqida. Ksenofobiya irqiy yoki diniy kamsitishlarga sabab bo‘lishi haqida ma’lumot va matnlar.
Missionerlik – yoshlar kelajagiga tahdid. Buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi immunitet hosil qilish ko‘nikmasi. E’tiqod va ezgulik. Ekstremizm, terrorizm, prozelitizm. Missionerlik va prozelitizmning yoshlar ongi va kelajagiga ta’siri. Xalqaro missionerlik uyushmalari. Missionerlik geosiyosiy o‘yinlar quroli sifatida.
Kibermakonda axborot iste’moli madaniyati. Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili. Din va kinematografiya. Din va badiiy adabiyot. Virtual messenjerlar va ulardan turli ekstremistik oqimlarning foydalanishi. O‘zbekistonda axborot xurujlarining oldini olish bo‘yicha harakatlar.
Dinlarda tinchlik g‘oyasi. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish. Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda millatlar va dinlararo totuvlikning ahamiyati. Mafkuraviy immunitet haqida.
G0‘ZAL FAZILATLAR (8 soat)
Tuyg‘ularning xilma – xilligi. Tuyg‘ular haqida. Tuyg‘ularning xilma – xilligi: Vatanga, Ota-onaga, insonlarga muhabbat tuyg‘usi haqida.
|
| |