229
rivojlantirish fan-texnika taraqqiyotiga suyanib amalga oshiriladi va
ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy qilish, progressiv texnologik
jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg’or shakllarini
joriy qilishda ko’rinadi.
Xo’jalik yuritishning yangi shakllari kengayib borayotgan bir
davrda korxonalarning texnik qayta tayyorlash ishlarini (tadbirlarini)
korxonaning o’z mablag’i hisobiga va bank kreditlaridan foydalanib
amalga oshirish imkoniyatlari kengayib bormoqda.
Lekin, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilishga qaratilgan yirik
tadbirlarni
amalga
oshirish
korxona
faoliyatining
iqtisodiy
ko’rsatkichlarini vaqtinchalik kamaytirishga olib keladi. Buning
natijasida
bu
chora-tadbirlarni
amalga
oshirish
sustlashadi.
Korxonalarda texnik rivojlanishni takomillashtirish tadbirlarini ishlab
chiqarishdagi asosiy kamchiliklarini ko’rib chiqaylik.
Eng avvalo, korxonalarning yangi texnikani joriy qilishdan joriy
manfaatdorliklari, perspektiv manfaatdorlikdan ko’ra yuqoriroq
bo’ladi.
Yangi texnikani joriy qilish rejalari ko’p hollarda ishlab
chiqarishni kompleks rivojlantirish rejalarini ishlab chiqarish ko’zda
tutilgan, faqat alohida stanok yoki yangi texnologiyani joriy qilish
bilan cheklanadi. Bundan tashqari korxonalarning texnik qayta
qurishga ajratgan mablag’I jaxon darajasiga chiqish uchun yetarli
emas. Ana shu kamchiliklarni yo’qotish uchun texnik rivojlanishni
boshqarish quyidagilarni ko’zda tutadi:
Ishlab chiqarishning texnik darajasini prognoz qiluvchi doimiy
informasion bazani tashkil etish. Korxonalarda, ilmiy tashkilotlarda,
birlashmalarda, umumiy ilmiy texnik siyosatni olib borishni ko’zda
tutuchi reja (topshiriq) hujjatlar tizimini xo’jalik mexanizmini ishlab
chiqarish, bugunlarini ishlab chiqarishning texnik darajasini doimiy
ravishda olib oshirib borishda manfaatdorligini oshirish.
Korxonalarda texnik qayta qurish barcha texnologik sikl
bo’yicha amalga oshirilishi lozim. Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni
tayyorlash faoliyatini quyidagi asosiy yo’nalishlarni ajratish mumkin: