3
KIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimining asosini yuqori sifatli va yuqori
texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi
texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini
takomillashtirishga, ta’lim jarayonida innovatsion axborot va
kommunikatsiya
texnologiyalarini
joriy
etishga
hamda
fan,
texnikaning rivojlanishiga xizmat qiladi.
“Texnologiya va dizayn” fani o’quv qo’llanmasi ushbu fanning
o’quv fan dasturi asosida ishlangan bo’lib, 5112100 –
Texnologik
ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr talabalarga yog‘ochning
xususiyatlari tо‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, ularni rejalash, yо‘nish,
arralash, teshish, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan
jihozlar, mashinalar
elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya
asoslari, texnologik xaritalar, metallarning xususiyatlari tо‘g‘risida
boshlang‘ich bilimlar, rejalash,
ishlov berish, pardozlash ishlari, qо‘l
hamda
elektr
asboblarining
tuzilishi,
ishlashi,
elektr
va
mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, materiallar xillari, xossalari va
ishlov berish texnologiyasini, xavfsizlik texnikasi asoslarini,
birikmalar tayyorlash texnologiyasini,
tokarlik, frezalash, randalash,
parmalash, stanoklarida ishlov berish, nazorat o‘lchov va rejalash
asboblari, yо‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari, dastgohlar,
mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari,
texnologik xaritalarlarni tuzish, va foydalanishni о‘rgatadi.
Talabalarga yog‘och va metallarni rejalash, yо‘nish, arralash,
teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qо‘l
va
elektr
asboblarining
tuzilishini,
ishlashini,
elektr
va
mexanizatsiyalashtirilgan
jihozlarni,
mashinalar
elementlarini,
texnologik
xaritalarni
tuzishni,
dizayn
talablari
darajasidagi
rо‘zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, elektr bilan
ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlashni, uy va xonadonlarni
ta’mirlashda qо‘llaniladigan zamonaviy
qurilish materiallarini;
mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishni, о‘lchash va taqqoslash
texnologiyalarini, materiallarni to‘g‘ri tanlash, rejalash, arralash,
randalash, egovlash, parmalash, birikmalar tayyorlash,
stanoklarda
mohirona ishlay olish ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni,
mehnatni ilmiy tashkil etishni o‘rgatishdan iborat.
4
Mazkur fanni o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari
texnologiya darslari bilan bevosita aloqada bo‘lib, О‘zbekistondagi
ishlab chiqarish turlari va zamonaviy taraqqiyot yо‘nalishlari, tex-
nologik jarayonlar, yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli,
ishlab chiqarish
texnologiyasi, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar
yog‘ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari, metallga ishlov
berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari hamda mahsulotlarini
tayyorlash usullari haqida bilimlar mazmuniga mos keladi.
Mamlakatimizning ravnaqi uchun xalq xo‘jaligining barcha
jabhalari qatorida oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan 5112100-
“Texnologik
ta’lim”
yo’nalishi
talabalari
ya’ni
bo’lajak
“Texnologiya” o’qituvchilarini tayyorlashda sifatli darsliklar, o‘quv-
uslubiy qo’llanmalar va elektron metodik majmualarni yaratish,
zamon talablaridagi o‘quv materiallari bazasini shakllantirish, yangi
pedagogik vа axborot texnologiyalari asosida ta’lim
va tarbiya
jarayonini tashkil qilish kabi vazifalarni bajarishni taqazzo etadi. Shu
maqsadda, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak “Texnologiya”
o’qituvchilarini tayyorlashda “Texnologiya va dizayn” fanidan maruza
mashg’ulotlari va mustaqil ta’limda o’zlashtirishi lozim bo’lgan
nazariy materiallarni o’z ichiga olgan o’quv qo’llanma ishlab chiqildi.
Bo’lajak “Texnologiya” o’qituvchilarining bugungi kun
innovatsion talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh mutaxassis
kadr bo’lib yetishishlarida sohaga oid nazariy bilimlarni egallash
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda yog’och, metall va polimer
materiallariga ishlov berish texnologiyasi, talabalar o’zlashtirishi
kerak bo’lgan muhim tushunchalar hisoblanadi. Ushbu o’quv-uslubiy
qo’llanmada materiallar sodda, tushunarli va ko’rgazmali bayon
qilingan. O’quv qo’llanmadan “Texnologiya va dizayn” fanini
o’rganayotgan barcha oliy o’quv yurtlarining
kunduzgi va sirtqi
bo’lim talabalari va professor-o’qituvchilar foydalanishlari mumkin.