O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/189
Sana30.01.2024
Hajmi4,62 Mb.
#148361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
kompleks, Dugoh Sobirov X., 961706 (1), Aziz oquvchilar va ota, 7, gaz trubina qurilmalari (Islomov Firdavs), Elektromagnit maydon, She\'r, husnida, Тригонометриядан-масалалар-ечиш.-Исмоилов, 1-Ma\'ruza, Baliqliko2, Korxonalarda standartlashtirish turlari, Biologiya fanidan O`MT
1-MODUL. BUYUM VA MAHSULOTLAR 
TAYYORLASHDA XOMASHYO TANLASH HAMDA 
TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 
1-MAVZU. TEXNOLOGIYA VA DIZAYN FANINING 
MAQSAD VA VAZIFASI 
Tayanch sozlar: texnologiya, dizayn, mahsulot, xomashyo, 
buyum, dizayner, loyiha, ishlab chiqarish, texnik rivojlanish, 
fragmentarlik, unversallik, ratsionallik, tizimlilik, sinalganlik, ilmiy 
gipoteza
1.1. “Texnologiya va dizayn” tushunchasi 
“Texnologiya” so’zi yunon tilidan olingan bo’lib “techno” 
sanʼat, mohirlik,
va “logos” fan, taʼlim ma’nolarini anglatadi. 
Texnologiya 
ilmiy 
asosda 
xom-ashyoni 
tayyor 
mahsulotga 
aylantirishning usullari hisoblanadi. “
Dizayn” ingilizcha “design” 
so’zidan olingan bo’lib,
“loyiha”, “chizma”, “rasm” 
ma’nolarini 
anglatadi. 
Dizayn narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini 
shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini 
ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng isteʼmol 
buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, 
ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va 
boshqalar kiradi. Dizayn XX asr boshlarida yuzaga kelib, 1930-
yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda 
shakllandi. 1980-yillar 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi 
kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar 
(masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, ular 
ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa 
bilimlarga ega bo’lishi lozim.
Dizaynning tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas 
bog’liq. Inson, qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga 
e’tibor bergan, va shu sababli dizaynni paydo bo’lishiga asos bo’lgan. 
Hozirgi tushuncha bo’yicha dizaynni shakllanishi uchun mahsus 
sharoitlar, 
talablar va ko’rsatmalar bo’lishi 
lozim. Loyiha 
madaniyatining ikki qismi - texnika va san’at, bir-biridan uzoqlashib, 
alohida ko’rib chiqilardi va bir biriga qarshi qo’yilardi. XX asrda 
ularni birlashtirishga harakat qilina boshlandi. Texnika va san’atni 



birlashuviga maxsus qo’mitalar tashkil etildi. 1849-yildan boshlab 
Londonda buyum dunyosini estetik muammolariga bag’ishlangan 
“Journal of Desjng and Manufactures” jurnali chiqadigan bo’ldi. Shu 
vaqtda iste’molga “indastrial art” degan tushuncha kirdi. Demak, 
dizayn jamiyatni estetik talablari va mashinada ishlab chiqarish 
chorrahasida tug’ilgan. Buyum muhitini shakllantirish sohasidagi 
badiiy sharoitning inqirozi, dizaynni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. 
Birinchi urinishlar shunday faoliyat sohasida o’rta asr romantik 
hunarmandchiligi an’analarini tiklash bo’lgan. Kelajak dizaynining 
ildizi dunyoni ratsional qayta ko’rish g’oyasi, muhitni ifoda etish, 
ob’ektni har tomonlama estetik ta’sir etishi bilan bog’liq bo’lgan. XIX 
asrni oxirida Yevropa mamlakatlarini modern badiiy uslubi qamrab 
olgan. U asosida fikrlash shakllarga asoslangan. Ayni modern 
odamlarda, rassomlarda ideal sifatida shaklni sezish dizaynni tadbiq 
etilishiga imkoniyat berdi.
Modernda bino elementlari konstruktiv va dekorativ turlarga 
bo’lindi. Barcha utilitar elementlari estetik ma’noli bo’lib yaratilardi. 
Kelajak dizayner ko’rsatmalari va muamolari nemis badiiy 
birlashmalari “Verkbund” (1907-y.) va “Bauxauz” namoyon qilishdi. 
“Verkbund”ga sanoat xodimlari, me’morlar, rassomlar va 
kommersantlar kirar edi. Ularning fikri bo’yicha sanoatda, ishlab 
chiqarishda iqtisodiy va estetik talablar o’zaro bog’lanmasa, xalqaro 
bozorda yutish mumkin emas. “Verkbund” asosiy vazifalarni aniqladi: 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni hunarmandlikdan sanoat yo’llariga 
o’tkazish. 
“Verkbund”ni 
asoschisi 
G.Mutezius 
“estetik 
fundamentalizmning” prinsiplarini aniq ta’riflab berdi: buyumning 
shakli uning mohiyatidan, tuzilishidan, texnologiyasidan, nimaga 
mo’ljallanganidan kelib chiqadi. 1914-yilda firmaning badiiy direktori 
P. Bernesni birinchi dizayner deb hisoblansa bo’ladi. Uning amaliy 
faoliyati yangi faoliyat turi - dizaynni shakllanishida katta ahamiyatga 
ega. Bu firmaning faoliyati birinchi jahon urushi davri 1914-yilda 
to’xtadi. 
Dizayn - bu zamonaviy sanoatda, ishlab chiqarishda yo’qolgan 
madaniy muvozanatni tiklash usulidir. Aynan shuning uchun 
go’zallikni funksional asoslangan buyumlar shaklida qidira 
boshlashdi. “Bauxauz” 1920-1950-y. Yevropa dizayn aksini namoyon 
etgan. 1937- yilda “Bauxauz” AQShga emigratsiya qilgan. Ular 
Yevropa dizaynning asoslarini amerikada o’zlashtirishgan. Bunga



1930-yildagi Amerikadagi depressiya sabab bo’lgan, chunki 
mahsulotni sotish qiyin bo’ldi. Biznesmenlar rassomlarni ishga olib, 
mahsulotga estetik xususiyatni berishga intilishdi. Inqiroz paytida 
mahsulot ishlab chiqaruvchilar o’z buyumlarini dizayniga e’tibor 
beradigan bo’lishdi. Bunga yorqin misol, G.Ford “Djenenra motors” 
tomonidan raqobati va bozorni mashinalar bilan to’lganligi sababli 
“T” markali mashhur avtomobillarni o’rniga 18 million dollarni 
sarflab yangi kelishgan “A” modelini chiqaradigan bo’ldi. 
Aynan inqiroz paytida hozirgi dizayn konteksti tashkil etilgandi. U 
eng avvalo, kommerstiya dizaynida yoki “industrial san’atida” o’z 
ifodasini topgan. Har bir korxonada maxsus guruhlar tashkil etilgan, 
ular “staff-dizayn” - dizayn vazifalarini bajarishgan. Maxsus buyurtma 
bajaradigan mustaqil dizayn firmalari ham barpo etilgandi. Demak, 
dizayn uch ma’noli sohalarning, uch turli madaniy harakat 
chorrahasida barpo etilgan: san’at, ommaviy sanoat korxonalar va 
buyumlarga mujassamlangan ommaviy ong. Mustaqillika erishgandan 
so’ng xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar kuchaygandi. Xorijdan 
kelgan mahsulotlar mahalliy mahsulotlarga raqobatdosh bo’lgani bois, 
buyumlar 
dizayniga 
e’tibor beriladigan bo’ldi. O’zbekiston 
mahsulotlarni dizayniga ham e’tibor beriladigan bo’ldi. Dizaynerlar 
uyushmasi tashkil etildi va bu uyushma xalqaro dizaynerlar 
uyushmasiga kiritildi. 
2005-yildan boshlab, “Art week” qoshida Toshkentda har yili 
“Style Uz” va “Bolajonlar shirintoylar” moda festivallari o’tkaziladi. 
U yerda, milliy liboslar an’analariga tayanib, milliy (xonatlas, adras, 
shoyi, beqasam) va zamonaviy gazlamalaridan zamonaviy va milliy 
liboslar namoyish etiladi. Zamonaviy insonni estetik ehtiyojlariga 
“yangi shakl” javob bermaydigan bo’ldi; shaklni afzalligi endi uning 
tartibga solishni va jipslanganligida emas, balki shaxsni emostional 
boyitadigan siymoligidadir. “Yangi dizayn” “yaxshi shakl”dan ayni 
umumiy namuna sifatida voz kechadi, ammo bu “yaxshi” yoki “sof 
shakl” zamonaviy dizaynda ijodiy konsepsiyani asosi bo’la olmadi. 
1990-yil dizaynda minimalizmning zafari buni isbotladi. Ammo 
minimalizm dizaynda yagona bo’lgan yo’nalish sifatida talqin 
qilinmagandi, 
balki 
kiyim 
dizaynida 
unga 
qarama-qarshi 
dekonstruktivizm va tarixiylik bilan do’stona birga mavjud bo’lgan. 
Dizaynning tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas bog’lik. 



Inson, qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga e’tibor 
bergan, va shu sababli dizaynni paydo bo’lishiga asos bo’lgan.

Download 4,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish