• Nazorat savollari
  • 2-MAVZU. YOG’OCHDAN TAYYORLANADIGAN BUYUMLARGA XOMASHYO TANLASH VA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI Tayanch so’zlar
  • 2.1. Yog‘och xomashyo tayyorlash to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Yog’ochning turmushda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari
  •  Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar




    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/189
    Sana30.01.2024
    Hajmi4,62 Mb.
    #148361
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   189
    Bog'liq
    13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
    kompleks, Dugoh Sobirov X., 961706 (1), Aziz oquvchilar va ota, 7, gaz trubina qurilmalari (Islomov Firdavs), Elektromagnit maydon, She\'r, husnida, Тригонометриядан-масалалар-ечиш.-Исмоилов, 1-Ma\'ruza, Baliqliko2, Korxonalarda standartlashtirish turlari, Biologiya fanidan O`MT
    1.6. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar 
    Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan 
    uzviyligi. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik 
    asoslari yo’nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab 
    chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro’yxati va ularning 
    mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat 
    standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o’lchash va 
    taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash 
    qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, 
    tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. 
    Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish. 
    Nazorat savollari: 
    1. Texnologiya so’zining ma’nosi? 
    2. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi? 
    3. Texnologiya va dizayn fanining vazifasi? 
    4. Taxnologiya va dizayn fani qaysi fanlar bilan o’zaro bog’liq? 
    5. Texnologika jarayon nima? 
    2-MAVZU. YOG’OCHDAN TAYYORLANADIGAN 
    BUYUMLARGA XOMASHYO TANLASH VA TAYYORLASH 
    TEXNOLOGIYASI 
    Tayanch so’zlar: yog’och, xomashyo, buyum, material, 
    mahsulot, yo’g’ochdagi nuqsonlar, mix, birikmalar, duradgorlik 
    dastgohlari. 


    13 
    2.1. Yog‘och xomashyo tayyorlash to‘g‘risida asosiy tushunchalar. 
    Yog’ochning turmushda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, 
    turlari, ishlatilish sohalari 
    Yog’och tayyor qurilish materiali bo’lib, u xalq xo’jaligining 
    turli sohalarida keng ko’lamda ishlatiladi. Yog’och duradgorlikda 
    ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va 
    inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko’mir 
    sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqa 
    sohalarda foydalaniladi. Yog’ochning keng ko’lamda ishlatilishiga 
    sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog’ochni ishlash 
    oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektrni yomon 
    o’tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko’pchilik 
    yog’ochlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lib, puxta yelimlanuvchan 
    bo’ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog’ochning ayrim 
    kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik o’zgarishi natijasida 
    yog’och qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, yeshilib-toblanadi, 
    yoriladi. Yog’ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanik 
    xossalari, metallardagi singari, turli yo’nalishda turlichadir, 
    yog’ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi. 
    Yog’och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning yemirishiga 
    qarshilik ko’rsata olmaydi.
    Hozirgi kunda yog’och ishlash korxonalarida tabiiy yog’och 
    o’rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va 
    ishlatilmoqda. Yog’och ishlash korxonalarida hosil bo’ladigan 
    chiqindilardan: arra qipig’i va payraxalaridan presslash yo’li bilan 
    tayyorlanadigan yog’och tayyorlanayotgan yog’och materiallar tabiiy 
    yog’ochlarda uchraydigan har xil nuqsonlardan, kamchiliklardan holi, 
    puxtalik jihatidan ustun bo’lib ayrim hollarda metall o’rnini ham 
    olmoqda. 

    Download 4,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   189




    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar

    Download 4,62 Mb.
    Pdf ko'rish