25
elektron va elektron-mexanik qurilmalar, shuningdek axborot tashuvchilardir.
Axborot tashuvchilari sifatida qog‗oz, magnit va optik tashuvchilar, elektron
sxemalar foydalanilishi mumkin.
Demak, qurilma va nimtizimlarni hamda axborot tashuvchilarini himoya
qilish zarur.
Turli axborot tizimlarida foydalanuvchilar xizmat ko‗rsatuvchi personal
hisoblanib, axborot manbai va tashuvchilari bo‗lishi mumkin.
Tahdidlarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarga bo‗lish mumkin:
1.
Tahlil qilinuvchi obyektlarni tanlash va ularni ko‗rib chiqishda
batafsillik darajasi.
2.
Tahdidlarni baholash metodologiyasini tanlash.
3.
Aktivlarni identifikatsiyalash.
4.
Tahdid va uning oqibatlari tahlili, himoyaning zaifliklarini aniqlash.
5.
Tahdidlarni baholash.
6.
Himoya choralarini tanlash.
7.
Tanlangan choralarni qo‗llash va tekshirish.
8.
Qoldiq tahdidni baholash.
Ushbu munosabatlarni huquqiy boshqarish avvalo, axborot tahdidlaridan
sug‗urta qilish orqali amalga oshirilishi mumkin va zarur.