• 2.3-rasm. Qopqon
  • Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/107
    Sana13.05.2024
    Hajmi3 Mb.
    #229692
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon 
    Qopqon chegarani buzib o‗tuvchini tutuvchi va fizik xavfsizlikni 
    nazoratlash vositasi hisoblanadi. Ushbu vosita odatda xavfsiz hududni xavfsiz 
    bo‗lmagan hududdan ajratadi. Qopqon mexanik qulflashga asoslangan kichik 
    soha bo‗lib, ikkita kirish eshigi mavjud. Ikkinchi eshik ochilishidan oldin 
    birinchi eshik yopilgan holatda bo‗ladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta, 
    PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
    2.3-rasm. Qopqon 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va ogohlantiruvchi 
    signallar 
    Xavfsizlik yorliqlari yuqori va past xavfsizlik sohasida axborotga bo‗lgan 
    murajaatni cheklash uchun foydalaniladi. Ushbu yorliqlar foydalanuvchilar 
    tomonidan oson tushuniladi va ular ma‘lumotdan foydalana olishlari mumkin 
    yoki mumkin emasligini bilishadi. Buning uchun tashkilotdagi ma‘lumotlar 
    dastlab xavfsizlik yorliqlari bilan ta‘minlanadi.


    35 
    Odatda quyidagi turdagi xavfsizlik yorliqlari mavjud: 

    ochiq ma‘lumotlar (unclassified); 

    cheklangan ma‘lumotlar (restricted); 

    konfidensial ma‘lumotlar (confidential); 

    maxfiy ma‘lumotlar (secret); 

    o‗ta maxfiy ma‘lumotlar (top secret). 
    Axborotga murojaat qilishdan oldin uning yorlig‗iga qarab, ruxsat bor yoki 
    yo‗qligini aniqlash va ruxsat bo‗lsa undan foydalanish amalga oshiriladi. 
    Ogohlantiruvchi signallar odatda tashkilotda ruxsat etilmagan harakatlarni 
    amalga oshirni kamaytirish uchun foydalaniladi. Ushbu signallar tashkilotda katta 
    hajmli hodimlarni cheklash uchun katta amaliy yordam beradi. Odatda 
    ogohlantiruvchi signallar sifatida ―TAQIQLANGAN HUDUD‖ (RESTRICTED 
    AREA), 
    ―OGOHLANTIRISH‖ 
    (WARNING),―XAVFLI‖ 
    (DANGER) 
    iboralardan foydalaniladi. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish