Psixologiya fani taraqqiyotning muhim qonuniyati uning
yagona nazariyani ishlab
chiqishiga yo'nalganligidir. Bu tendentsiya psixologiyadagi ochiq krizis davrida yanada yaqqol
ko'zga tashlandi. Chunki bu davrda psixologiya uchun yagona izohiy printsipning topilishi uning
fan sifatida saqlanib qolishini ta'minlar edi. Shu davrda paydo bo'lgan barcha maktablar:
psixoanaliz, geshtal`tpsixologiya, bixeviorizm va boshqalar hammasi ana shu yagona nazariya
o'rniga da'vogarlik qildilar. L.S.Vigotskiy bu holatni shunday ta'riflaydi: «Aniq
sohalardagi
xususiy kashfiyotlardan umumiy printsiplarning paydo bo'lishiga va ularning butun psixologiyaga
yoyilishiga va nihoyat falsafiy sistemaga, hatto dunyoqarashga aylanishiga da'vo qilingan bu
g'oyalar psixologiyada yagona nazariya maqomiga uncha mos kelmaydi. Psixologik g'oyalar
tarixiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlari va sabablari hozirgi paytda ilmiy g'oyalar u yoki
bu fan taraqqiyotini
belgilovchi omillar, ilmiy bilimlar determinatsiyasi haqida juda ko'p
munozaralar mavjud.
I.Lakotos fanning «ichki» va «tashqi» tarixi atamasini qo'llashni taklif qilgan. Bunga ko'ra
fan faqat o'zining ichki standartlari, ilmiylik mezonlari asosida rivojlanib boradi. Boshqacha
aytganda, fanning rivojlanishiga faqat kognitiv faktorlargina ta'sir ko'rsata oladi.
Bunday
internalistik yondashishga eksternalistik yondashish qarama - qarshi qo'yilib, unga ko'ra fan
tarixini ijtimoiy faktorlarsiz o'rganib bo'lmaydi, ijtimoiy faktorlardan fan tarixini nazariy qayta
tiklashda foydalanilishi lozim. Shunga ko'ra psixologik bilimlar taraqqiyoti tarixini tahlil qilish
birinchidan tarixiy fan
holatni yaxshi bilishni, ikkinchidan o'rganilayotgan davrda fandagi alohida
holatni hisobga olishni talab qiladi. Boshqa fanlar matematika, fizika, astranomiya, tilshunoslik,
fiziologiya, biologiya, etnografiya, logikaning psixologiya taraqqiyotiga ta'siri turlicha.
Birinchidan shu fanlar doirasida psixik hodisalar haqidagi bilimlar to'plangan,
ikkinchidan,
psixologiyada shu fanlarning metodlaridan foydalaniladi. Uchinchidan ilmiy metodologiyadan
ham foydalanish hollari bo'ladi.
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan bunday aloqasi psixologiya hech qachon to'la ajralgan
holda rivojlana olmasligini ko'rsatadi. Lekin ayni paytda J.Piaje aytganidek, «psixologiyaning
kelajagi bi
rinchi navbatda uning o'z taraqqiyotiga bog'liqdir».Tarixiy psixologik tadqiqotning bitta
vazifasi dialektika bilan to'la bo'lmagan bilimni to'la bilimga aylanish jarayonini ochib berishdan
iboratdir. M.T.Yaroshevskiy tarixiy psixologik metod sifatida kategorial
yondashish printsipini
ishlab chiqdi. U fanda uch qator kontseptual birlik - empirik ma'lumotlar (faktlar), nazariy va
amaliy kategoriyalarni farqlab psixik voqelikning har xil tomonlarini qayta tiklaydigan konkret -
ilmiy kategoriyalarni ajratadi. Bular
obraz, harakat, motiv, ruhiy-ijtimoiy munosabat, shaxs. Shu
kategoriyalar majmuining
transformatsiya qilinishi psixologik bilimlar bosqichma - bosqich taraqqiyotni aks ettiradi.