• Antikvarizm
  • Tarixiy psixologik tahlil printsiplari




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/70
    Sana30.05.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #257452
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
     
    Tarixiy psixologik tahlil printsiplari 
    Tarixiy tadqiqotlardagi eng muhim printsip - tarixiylik printsipidir. Bu printsip
    tadqiqotchidan o'rganilayotgan hodisaning shu davrning hamma o'ziga xosliklari, ijtimoiy-
    madaniy aloqalari, uning butun konkret mazmuni bilan birga o'rganib, o'rganiladigan hodisaning 
    qaytarilmasligi va noyobligini ko'rsata olishni talab qiladi. 
    Tarixiylik printsipining tuzilishi prezentizm va antikvarizmda ko'rinadi. 
    Prezentizm

    tarixiy tadqiqotni o'rganilayotgan davrdan faqatgina hozirgi zamon tasavvurlariga mos bo'lgan 
    ko'rinishlarinigina ajratib olib o'rganish bilan cheklanishdir.
    Antikvarizm 
    - aksincha tarixiy o'tmishni hozirgi zamon talablariga bog'liq bo'lmagan, qotib 
    qolgan hodisa sifatida o'rganadi.


    O'tmish hodisalarni tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik 
    printsipidan chekinishdir. Shu bilan tarixiy tadqiqotlar o'rganilayotgan hodisalarning umumiy 
    qonuniyatlarini topishni talab qiladi. Bu talabni bajarishni asosan mantiqiylik va tarixiylikning 
    birligiga tayanish ta'minlaydi. Bu printsipga ko'ra tarixchi o'tmish hodisasini shunchaki tasvirlab 
    qo'ymay, balki uni nazariy jihatdan tasavvur eta olishi kerak, ya'ni bu hodisalarda qandaydir 
    doimiylikni topa olishi kerak. Tarixiy psixologik g'oyalarni ijtimoiy, siyosiy yo'nalishni g'oyaviy 
    mohiyatini aniqlashni talab qiladi. Bunday yondashish ilmiy kontseptsiyalarning jamiyatdagi 
    ijtimoiy rolidan ajratib o'rganuvchi ob'ektivizm va sub'ektivizmdan farq qiladi. Tarixiy psixologik 
    tadqiqotlarda M.G.Yaroshevskiy ta'kidlaganidek, determinizm - sababiylik printsipi katta 
    ahamiyatga ega. Uning fikricha, tarixda determinizmning ko'plab turlari paydo bo'lgan. 
    Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, psixodeterminizm, sotsiodeterminizm. Bularning 
    har biri psixik hodisalar o'z - o'zidan paydo bo'ladi deb talqin qiluvchi indeterminizmga qarshi 
    turadi. 

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish