168
va usullarini tanlayotganda albatta e’tiborga olinadi. Yog’och sirtidagi
notekislik unga surkalgan lok-bo’yoq qatlam
qalinligini bir tekisda
chiqishiga imkon bermaydi.
7
-
rasm. Yog’och materiallar yuzasini loklash jarayoni.
Yog’ochning o’ziga xos xususiyatidan yana biri uning
suyuqliklar uchun kapilliar singdiruvchanligidir, u turli yog’ochlarda
turlicha bo’ladi va bir yog’ochning o’zida tolalar yo’nalishi bo’yicha
ham keskin farq qiladi. Kapillar singdiruvchanlik yadrosiz yog’och
turlarida yuqori, yadroli turlarida esa juda past bo’ladi.
Tolalarga
ko’ndalang yo’nalishida singdiruvchanlik uzunasiga qaraganda bir
necha marta kam bo’ladi. Shuning uchun lok-bo’yoq
materiallarni
tangensial va radial sirtlarga surkalganda ular yuza bo’ylab juda kam
shimiladi.