169
bug’lanishi,
lateks
tipli
bo’yoqlarning
suvsizlanishi
va
suyuqlanmalarning sovushi kiradi. Lok-bo’yoq materialning boshqa
turlarida masalan oligomer va ularning monomerdagi eritmalari, parda
qatlam polimerlanish yoki polikondensatsiyalanish kabi kimyoviy
jarayonlar natijasida yoki fizik kimyoviy jarayonlar bir vaqtning
o’zida borishi bilan parda qatlam hosil bo’ladi.
Faqat uchuvchan erituvchilari bug’lanib
ketishi va qurilganidan
so’ng yaltiroq parda hosil qiladigan lok-bo’yoq materiallarga
termoplastik polimerlar, kimyoviy tuzilishi o’zgarmaydigan oligomer
va polimerlar, masalan, tabiiy smolalar,
polivinixlorid asosidagi
smolalar va nitroselluloza kiradi. Parda hosil qiluvchi moddalarni
suyuqlik holatidan qattiq shishasimon holatga o’tishi eritmalardan
erituvchining bug’lanib ketishi, hajmining uzluksiz kichrayishi bilan
bog’liqdir va u bir qator bosqichlarni amalga oshiradi.
Tarkibida
uchuvchan erituvchisi bo’lgan lok-bo’yoq parda qatlamlarining qurish
vaqtiga harorat katta ta’sir ko’rsatadi, chunki harorat ortishi bilan
bug’larning elastikligi oshadi va erituvchi molekulalarining
bug’lanishi tezlashadi.
Parda qatlam sirtini jilvirlash yo’li bilan tekislash
Jilvirlash yo’li bilan istalgan lok-bo’yoq
parda qatlamining
noteks joylarini tekislash mumkin. Ayniqsa bu qayta tiklanmaydigan
va keyinchalik jilo berishni talab qiladigan poliefir lok-bo’yoq
qoplamalar uchun katta ahamiyatga egadir. Yog’och va yog’och
materiallar hamda ular yuzasidagi lok parda qatlamini tekislashda
jilvirlash usuli ham muhum o’rin tutadi. Ishning unumli bo’lishi va
tekislnayotgan detallar yuzasi sifatli chiqishi uchun birinchi va
ikkinchi jilvirlash ishlari har tamonlama bo’lishi
va shu bilan birga,
ikkinchi yoki oxirgi jilvirlash yog’och tolalari bo’ylab bajarilishi
kerak. Jilvirlash dastgohlari. Jilvirlash dastgohlarida ishlov berilib
chiqqan detallarning shakli va o’lchamlari o’zgarmaydi. Jilvirlash
jarayonida tez harakatlanuvchi jilvir qog’oz tanovorning sirtidan ko’p
marta ishqalanib o’tadi. Qog’oz yoki matoga
yelimlab yopishtirilgan
zarrachalar parda qatlam sirtidagi g’adir budurlarni mikroskopik
keskichlardek kesadi. Sanoatda jilvirlash tasmasidan harakatlanadigan
dastgohlardan ko’proq foydalaniladi. Tasmaning eni 100-500 mm
bo’ladi. Lok-bo’yoq parda qatlamini tekislash uchun bir tasmali
jilvirlash dastgohi ishlatiladi.