179
loklarining yangi turi (PE-265), yuqori kuchlanishli
elekr maydonida
purkab sepiladigan poliefir loki (PE-251B), aerosol va shunga
o’xshash moddalar qo’shib yaltiroqligi kamaytirilgan nitrotselyuloza
loklari (NS-243 va b.), duradgorlik-qurilish buyumlarini (eshik, deraza
romlari va b.) padozlash uchun pentaftal, karbamid-alkidli emallar
(PF-115, MCH-118 va b.) yaratildi.
Shu davrdan boshlab mebellarning yaxlit detallari yuzasiga
qoplash uchun chiroyli yog’och teksturaga ega bo’lgan qog’oz-smola
plyonkalardan foydalana boshlandi. Ular ishlab chiqarishda “sintetik
shpon”
deb ataladi, bunday plyonkalar bilan qoplanan yuzalar suyuq
lok-bo’yoqlar bilan pardozlanadi.
Buguni kunda pardoz materiallari ustida keng ish olib
borilmoqda. Pardoz materiallari ichida plyonkali qoplama materiallar
ulushi anchagina o’sdi. Yopishtirgandan keyin pardozlashni talab
qilmaydigan dekorativ plyonkalarni qo’llash keng tarqala boshladi.
Masalan, alkorsell, alkor (Germaniyada ishlab chiqarilgan), PDO-20,
PDSO-12 (GOST 5.1984-73), PVX-ABS va boshqa plyonka
materiallari.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar)
asosida
olinadigan plastmassa qadimdan ma’lum. Sun’iy polimer -
nitrosellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki
plastmassa selluloid bo’lib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila
boshlagan. 1906-1910-yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba
sanoatida 1-reaktoplastlar - fenol-formaldegid smolalar asosida
olinadigan materiallar ishlab chiqarishda yo’lga qo’yildi. 30-yillarda
sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan
mamlakatlarda termoplastlar,
polivinilxlorid, polimetilmetakrilat,
poliamid, polistirollar ishlab chiqarishni tashkil etildi. Lekin
plastmassa sanoati 2-jahon urushidan keyingina rivojlandi, 20-
asrning 50-yillarida ko’pchilik mamlakatlarda polietilen plastmassa
ko’plab ishlab chiqarila boshladi. O’zbekistonda 10 ga yaqin korxona
plastmassani qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi,
Ohangaron qurilish buyumlari zavodi,
Jizzax plastmassa ishlab
chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir. Qurilishda plastmassa
pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash,
gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari
ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik
pavilonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida
180
plastmassalar yetakchi o’rinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar
tannarxini arzonlashtiradi, mashinalarning
muhim texnik iqtisodiy
parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va ho.kazolar
oshadi.
Plastmassalardan tishli g’ildiraklar, podshipniklar, roliklar,
stanok yo’naltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqalar ishlab
chiqariladi. Plastmassaning aviatsiyasozlikda keng qo’llanilishiga
sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini o’zgartirish
imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda
ham Plastmassa muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan
foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari,
raketa
korpuslari, g’ildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning
parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilg’i baklari
tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va
ha kazolar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.