177
19-MAVZU. PARDA XOSIL QILUVCHI MODDALAR VA
ULAR ASOSIDA OLINGAN PARDOZLASH MATERIALLARI
Tayanch so’zlar: lok-bo’yoq, bo’yash, molekulyar tuzilish,
parda qatlam, tabiiy smola, pardozlash materiallari.
19.1. Bo’yoqlarning xususiyatlari
Fasadni bo’yash uchun eng maqbul variantni tanlash uchun
bo’yoqlarning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak:
Biriktiruvchi modda.
Bo’yoqning sifati aynan shunga bog’liq.
Tarkibida vinil, akril,silikon va silikat bo’lgan
smolalar ayniqsa
ommabopdir. Sifatli bo’yoqlarda bu moddalarning protsent miqdori
yuqori bo’ladi.
Ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi.
Bo’yoqlarning
qurigandan keyingi yorqin ko’rinishi aynan shunga bog’liq. Bu
masalada fasad uchun mo’ljallangan akril bo’yoqlari hamda
polikremniyli va akril-silikonli bo’yoqlar yetakchilik qiladi.
Bo’yoq sarflanishi.
Bu ko’rsatgich 100 dan 3000 g/m2. Ko’p
narsa bo’yalayotgan yuzaga bog’liq.
19.2. Bo’yoq turlari
Har bir bo’yoqning fasad uchun ishlatishga mos keladigan
taraflari bor. Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril
bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi.
Biroq
bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining
xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin.
Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi.
Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi. Akril-
silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida
mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va
ishqalanishga chidamlidir.
Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati - gidrofob xususiyatga ega
ekanligi, ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga
yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan
himoya qiladi. Silikatli bo’yoqlar ob-havo sharoitiga bardoshli, ularga
zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni
keyingi
bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir.
178
Polikremniyli bo’yoq - silikatli bo’yoqning mukammallashgan
turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka
chidamliligi bilan ajralib turadi. Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U
yaxshi sifatga ega,
biroq asosan pastel, ya’ni och aralash tusdagi
ranglari taqdim qilingan.
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari,
xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan
buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi.
yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu
tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz
iplar bilan tikilgandek
bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim
plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi
ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir.
Shuningdek,
yelimlashning
mustahkamligi
yopishtirilgan
sirtlarga
yelim
eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga
ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng
ko’p ishlatiladi.