214
loyihalari
tayyorlanib,
Qonunchilik
palatasiga
kiritish
mo‘ljallanmoqda.
Qonun loyihalarini ishlab chiqish, ular hayotiyligini ta’minlash
maqsadida qonun ijodkorligi jarayoniga keng jamoatchilik, olimlar va
ekspertlar jalb qilinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol
uchun, ushbu qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonida o‘tkazilgan
40 dan ortiq ishchi guruhlari tadbirlarida 230 dan zi±d taklif va
mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Birgina yangi tahrirdagi “O‘rmon
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha 2017
yil iyul-avgust oylarida
jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda o‘tkazilganmuhokamalarda
110 dan ortiq takliflar, fikr va mulohazalar olindi.
Parlament hamda deputatlar faoliyati bilan yoshlarni keng
tanishtirish, ularningEkoharakat deputatlari guruhi bilan doimiy
muloqotini o‘rnatish maqsadida Ekoharakatning “Yoshlar qanoti” va
O‘zbekiston ±shlar ittifoqi faollari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish,
ularni guruh yig‘ilishlariga jalb etish ishlari tizimli ravishda amalga
oshirib kelinayotir.
Parlament va deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish ham
doimiy e’tiborimizda. Shu paytgacha 11 davlat hamda xo‘jalik
boshqaruvi organlari funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda,
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan bog‘liq
faoliyati ustidan ana shunday nazorat yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi bilan birgalikda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, soha
qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi
madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu
asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi
hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik
madaniyatini yuksaltirish
hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish,
sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish,
jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, jamoatchi
inspektorlarni o‘qitish va ular malakasini oshirish,
chiqindilar bilan
bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib
borildi. Masalan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyatini
muvofiqlashtirish
bo‘yicha
hududiy
kengashlar
hamkorligida yurtimizdagi 8982 ta mahalla fuqarolar yig‘inida zarur
chora-tadbirlar bajarilib, har bir mahalla bo‘yicha ekologik
215
nazoratning
jamoatchi
inspektorligiga
nomzodlar
zaxirasi
shakllantirildi. Hozirgi paytda ularning sohaga oid bilim va malakasini
oshirish choralari ko‘rilayotir.
Sohaga tegishli qonunlar,
davlat dasturlari, Prezident Farmon
hamda qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha 10 dan ziyodnazorat-tahlil
tadbirlari o‘tkazildi. Shular asnosida respublikamizning barcha
hududini qamrab olgan holda, sayyor yig‘ilishlar tashkil etilayotir.
Misol uchun, Jizzax viloyatida “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi,
Buxoroda
Dezinfeksiya
stansiyasi
bosh
vrachi
hamda
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati direktorining
termitlarga qarshi kurash va profilaktika
chora-tadbirlarining ijrosi
to‘g‘risidagi
axboroti,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
Prezidentimizning 2017 yil 18 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan
“2017 — 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat
dasturi”ning bajarilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish
yakuni yuzasidan tashkil etilgan sayyor yig‘ilish ana shular
jumlasidan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va
boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro
etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash
hamda Uy-joy kommmunal
xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti
yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli
chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan
nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati
o‘rganilib, Ekologiya va atrof muhitni
muhofaza qilish masalalari
qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi.