78
Zagotovkani 90° va 45° li burchaklar
ostida aniq qilib kesish
uchun porsiqolip deb ataladigan moslamadan foydalaniladi. Bu
moslama ikkita to’sincha va asosdan iborat bo’lib, to’sinchalarda 90°
va 45° li burchak ostida kesish uchun arraning o’rinlari ochilgan.
Porsiqolip yordamida arralashda zagotovkani chap qo’lning katta
barmog’i bilan yon to’sinchaga tirab bosib turiladi va reja chizig’i
porsiqolipdagi arra o’rnining karshisida bo’lishi kuzatiladi. Arralash
vaqtida ishni osonlashtirish uchun ko’pincha taglik taxta qo’llanadi.
Yog’ochga ishlov berish korxonalarida yog’ochlarni
arralash ishlari
dumaloq va mayatniksimon arrali dastgohlarda bajariladi va bu
dastgohlar mehnatning unumdorligini hamda ishning sifatini qo’lda
arralashdagiga nisbatan o’nlarcha marta oshiradi. Mana shu ishlarni
bajaradigan ishchi keng ixtisosli dastgohchi deb ataladi. Dastgohchi
ishchilar o’quv-ishlab chiqarish korxonalarida, kasb-hunar kollejlarida
va bevosita ishlab chiqarishning o’zida tayyorlanadi.
7.2. Yog’och materiallarni arralash stanoklarning tuzilish va
ishlash prinsipi. Diskli stanokning ish organalri va surish
mexanizmlari
Arra vali.
Arra vali disk arrali va agregat stanoklarning ish
organi hisoblanadi. Arra vali
a
) korpuslar 2 ga o’rnatilgan
ikkita
sharikli podshipnik
3
da aylanadi, val
stanokning tayanch qismiga
(masalan, staninaga) shu korpuslar yordamida o’rnatiladi.
Valning bir uchiga shkiv 1 mahkamlangan; elektr dvigatelning
aylanish harakati shu shkivga kiygizilgan
tasma orqali valga
uzatiladi. Valning ikkinchi uchiga disk arra 5 maxsus shaybalar 6
va 4 orasiga olinib, gayka 7 yordamida siqib qo’yilgan.
Shayba 4 valga, odatda, prizmatik shponka yordamida
qo’zg’almas qilib, shayba 6 esa sirpanadigan qilib o’rnatiladi.
Shayba bilan disk arrani siqib turuvchi gayka 7 disk arraning
aylanish tomoniga teskari yo’nalishda burab mahkamlanishi lozim,
shunda u ish jarayonida buralib bo’shamayds.
Shu boisdan arra
valining uchidagi rezbasi valning qaysi tomonga aylanishiga qarab
o’ng rezba yoki chap rezba bo’lishi mumkin.
Disk arrali stanoklarning ba’zi (muvozanatlovchi va torsaviy
mayatnikli) konstruksiyalarida arra vali
sharikli podshipniklarining
har ikkala korpusi yaxlit qo’yilgan bo’ladi va staninaga sharnirli
79
mahkamlanadi yoki qo’zg’almas o’qda buriladigan yaxlit ramkadan
iborat bo’ladi.