132
deshifratori tanlagani bo’yicha amallar kodiga mos ravishda mikroprogrammalarni
DEQQ, dan boshqaruvchi signallarning kerakli ketma-ketligini o’qiydi.
Adresni shakllantirish uzeli
(MP ning interfeysli qismida joylashgan) buyruqlar
registridan va MPX registrlaridan keluvchi rekvizitlar bo’yicha xotira yacheykasining
(registrining) to’liq adresini hisoblovchi qurilmadir.
Ma’lumotlarning, adreslarning va ko’rsatmalarning kodli shinalari
—
mikroprotsessor ichki interfeysli shinasining qismi.
Umumiy holatda BQ, quyidagi asosiy jarayonlarni bajarish uchun boshqaruvchi
signallarni shakllantiradi:
• MPX ning buyruqlar adresining registr-hisoblagichidan dasturning navbatdagi
buyrug’i saqlanayotgan TEQQ, yacheykasining adresini tanlab olish;
• TEQQ yacheykalaridan navbatdagi buyruqlar kodini tanlab olish va o’qilgan
buyruqni buyruqlar registriga qabul qilish;
• amallar kodini va tanlangan buyruqlar belgilarining nimaligini aytib berish (shifrini
ochish);
• mos kelgan nimaligi bilingan (shifri ochilgan) amallar kodi bilan mikrodastur DEQQ
yacheykalaridan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o’qish, ular mashinani barcha
bloklarida berilgan amalni bajarish jarayonini va bu bloklarga boshqarish signallarini
yuborishni aniqlaydi;
• buyruqlar registridan va MPX registrlaridan hisoblashlarda qatnashuvchi operandlar
adreslarining aloxida tashkil etuvchilarini (sonlarni) o’qish va operandlarning to’liq
adreslarini shakllantirish;
• operandlarni tanlab olish (shakllantirilgan adreslar bo’yicha) va bu operandlarning
qayta ishlashni berilgan amallarini bajarish;
• amallar natijalarini xotiraga yozish;
• dasturning keyingi buyruq adresini shakllantirish.
Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:
• mikroprotsessorli xotira (MPX);
• registrli kesh-xotira;
• asosiy xotira (AX);
• tashqi xotira (TaEKD).
Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat
qilish vaqti (t
mur
) bilan o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa
ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (t
kid
) va o’qish tezligi (V
o’qish
) bilan
o’lchanadi.
T
mur
— malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi;
t
kid
— yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;
V
o’qish
— axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.
Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’taniz:sekund, ms —
millisekund, mks — mikrosekund; 1 sq10
3
msq10
6
mksq10
9
ns.