129
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq
boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu
signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi;
bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini
shakllantiradi va bu
adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning
tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) — sonli va belgili
axborot ustida barcha
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi
modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik
soprocessor ulanadi).
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi
hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish
uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori
tezkorligini ta’minlash
uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi
mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish,
qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar - turli xil
uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1
bayt standart uzunlikka ega
bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq, ).
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash
va aloqa qilish uchun mo’ljallangan,u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli eslab
qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va
tizimli shinani oladi.
Interfeys (interface) - kompyuter qurilmalarini o’zaro
moslash va aloqa
qurilmalari to’plami bo’lib,ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash texnikaviyurasi bo’lib,
mikroprotsessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy
tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki
mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Tizimli shina — kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo’lib, u
kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o’zaro ulanishni va aloqani ta’minlaydi.
Tizimli shina quyidagilarni o’z ichiga oladi:
130
• qiymatlarning kodli shinasi (AQSH), u operand sonli kodining (mashina so’zi)
hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulash sxemalarini o’z ichiga
oladi;
• adresning kodli shinasi (AQSH), u asosiy xotira yacheykalarining va tashqi qurilma
kiritish-chiqarish portlarining adreslari kodining hamma razryadlarini parallel uzatish
uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z
ichiga oladi;
• ko’rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), u mashinaning hamma bloklariga
ko’rsatmalarni (boshqaruvchi signallarni, impulslarni) uzatish uchun simlar va ulanish
sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ta’minot (tok) shinasi, u energota’minot tizimiga SHK ning bloklarini ulash uchun
simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi.
Asosiy xotira (AX) ma’lumotlarni saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan
ma’lumotlarni almashish uchun mo’ljallangan. AX ikki xil eslab qoluvchi qurilmani
o’z ichiga oladi: doimiy eslab qoluvchn qurilma (DEQQ)
va tezkor eslab qoluvchi
qurilma (TEQQ).
DEQQ, (ROM - Read Only Memory) O’zgarmaydigan (doimiy) dasturli va
ma’lumotnoma axborotlarini saqlash uchun mo’ljallangan; O’zida saqlanayotgan
ma’lumotni faqat tezkor o’qish imkonini beradi (DEQQdagi axborotni o’zgartirish
mumkin emas).
TEQQ (RAM - Random Access Memory) SHK joriy vaqt oralig’ida
bajarayotgan, bevosita axborot-hisoblash jarayonida qatnashayotgan ma’lumotlarni
(dasturlar va ma’lumotlarni)
tez yozish, saqlash va o’qish uchun mo’ljallangan.
Tashqi xotira SHK ning tashqi qurilmasi bo’lib, bu qachondir masalani echish uchun
kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi.
Xususan, tashqi xotirada kompyuterning butun dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi
xotira turli xil eslab qolish qurilmalarini o’z ichiga oladi, lekin ulardan eng ko’p
tarqalgani, deyarli istalgan kompyuterda mavjud bo’lgan
va strukturali sxemada
ko’rsatilgan qattiq (QMDY) vaegiluvchan (EMDY) magnit disklardagi
yig’uvchilardir.