|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi Pdf ko'rish
|
bet | 109/191 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 8,87 Mb. | | #270328 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minotiBirinchi avlod
mashinalari 50 yillarda ishlab chiqarilgan bo’lib, asosiy
komponent-lari elektron lampalardan iborat bo’lgan. Bu EHMlardagi minglab
lampalar elektr energiyasini ko’p miqdorda talab qilgan, katta miqdorda issiqlik ajratib
chiqargan va ko’p joyni egallagan. Bu mashinalarning amallarning bajarish tezligi past,
xotira sig’imi kichik va tez-tez ishdan chiqib turgan.
Dasturlar mashina kodida
yozilgan. Dastur tuzuvchi o’zi xotira yachekasini dastur orqali taqsimlangan. Sobiq
ittifoqda birinchi elektron hisoblash mashinasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida
1951 – yili Ukraina Fanlar Akademiyasi elektron institutida yaratildi va
“MESM”(Malaya elektronno-schetnaya mashina) kichik elektron mashinasi deb nom
oldi. 1954-yili aniq mexaniqa va hisoblash texnikasi institutida S.A.Lebedev
rahbarligida “BESM”(Bolshaya eletronno-schetnaya mashina) katta elektron
mashinasi yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo’lib sekundiga 9 ming amalni
bajarar edi. O’sha vaqtda u jahondagi eng tezkor mashina edi. Birinchi avlod
mashinalariga BESM -2 strela M-3 , Minsk Ural-1, Ural -2, M-20 va boshqalar kiradi.
60-yillarning boshlarida elektron lampa o’rniga yarim o’tkazgichli bazasida
yaratilgan tranzistorlar ishlatila boshlandi, bu esa mashinaning massasi, o’lchamlari va
iste’mol qiladigan energiyani, issiqlik ajratishini
keskin
kamaytirish
imkonini
berdi.
Yarim
o’tkazgichli mashinalar EHMning
ikkinchi avlodi
bo’ldi va ularning ishlash ishonchliligi va tezligi
ancha oshdi. Bu avlodga mansub mashinalarning
o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning qo’llanish
sohasi
bo’yicha
ixtisoslshtirilishidir.
Bu
mashinalarda qo’yilgan masalalarni yechish uchun
dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi.
Apparatlar bloklari – mujassamlangan integral
sxemalarning sanoatda ishlab chiqarilishi 60 –yillarning
oxirida
uchunchi avlod
EHM larning yaratilishiga olib
keldi. Sobiq ittifoqda yaratilgan katta va o’rtacha
EHMlar (Ural-11,Ural-12, Ural-15 va yagona tizimli ES EHM lari ) va SM seryali
EHMlar shular jumlasiga kiradi. Bu mashinalardan eng quvvatlisi hisoblangan ES-
1060 sekundiga 1.5 mln. amalni bajarar edi. ES-ning joriy xotirasi yuzlab kilobayt va
megabayt bilan o’lchanadi. Uchinchi avlod EHMlarini joylashtirish uchun maxsus
jihozlangan mashina zallari talab qilinar edi.
Katta integral sxemalarning paydo bo’lishi sonli axborotlarni qayta ishlab
chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar – mikroprotsessorlarning
yaratilishiga olib keldi.
Sanoatda 70-yillarda mikroprotsessorlar asosida
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
|