140
saklovchilari). Kup xollarda port manzillariga, rakamlariga un oltilik sanok
sitemasidan foydalaniladi. Ushbu xollarda kerakli sonlardan so’ng ‘h’ (hexadecimal)
belgisi turadi.
Mikroprotsessor registrlari
umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
Maxsus registrlar
turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari — A
segm
,
xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari — A
baza
, A
qayd
, A
sil
buyruqlar
va b. ), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan,
bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.
Umumiy vazifali registrlar
universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni
saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni
bajarishda albatga ishlatilgan bo’lishlari shart.
MPX registrlarining tarkibi va vazifalari to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotlarni
[4] ishda ko’rib chiqish mumkin.
Funksional jihatdan AMK, (36-rasm) odatda 2 ta registrdan, qo’shuvchidan summator
va boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.
Qo’shuvchi —
uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo’shish jarayonini
bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo’shuvchi ikkilangan mashina so’zi
razryadliligiga egadir.
Registrlar
turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir: Registr
1 (Rg 1) ikkilangan so’z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) esa so’z
razryadliligiga egadir.
Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda qatnashuvchi birinchi son, amal
tugagandan keyin esa natija joylashtiriladi; Rg2 ga — amalda qatnashuvchi ikkinchi
son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma’lumot o’zgarmaydi). Registr 1
ma’lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma’lumotlarni berishi mumkin;
registr 2 bu shinalarddn ma’lumotlarni faqat olishi mumkin.
Boshqarish sxemasi
ko’rsatmalarning kodli shinasi bo’yicha boshqarish signallarini
boshqarish qurilmasidan qabul qiladi va ularni registrlarning va AMQ
qo’shuvchisining ishlashini boshqarish uchun signallarga o’zgartiradi.