147
OT odatda kompyuterning tashqi xotirasi (disk)da saqlanadi. Kompyuter ishga
tushirilganda u diskdan o’qiladi va tezkor xotira qurilmasiga joylashadi. Ushbu jarayon
operatsion tizimning yuklanishi deb ataladi.
OTning vazifasiga quyidagilar kiradi:
– foydalanuvchi bilan muloqot o’rnatish;
– ma’lumotlarni kiritish-chiqarish va boshqarish;
– dasturlarning ish jarayonini rejalashtirish va tashkillashtirish;
– resurslar (tezkor va kesh xotira, protsessor, tashqi qurilmalar)ni taqsimlash;
– dasturlarni ishga tushirish;
– xizmat ko’rsatishdagi har xil yordamchi amallar;
– ichki qurilmalar orasida ma’lumotlarni uzatish;
– tarkibiy qurilmalar (monitor, klaviatura, printer va hokazo) ish faoliyatini
dasturiy ta’minlash.
OTga misollar - MS-DOS, Windows, Linux, UNIX, Solaris, Doppix, MacOS va
boshqalar.
WINDOWS